Farzona Fozilova (Buxoro, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida, 2022 va 2024-yilgi boks boʻyicha Osiyo chempionatida sovrindori.
Faoliyati 2021-yil Farzona Fozilova boks boʻyicha ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2022-yil Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.
2024-yil Tailandda Chiangmay shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida finalda vyetnamlik bokschi Ngô Ngọc Linh Chi ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2025-yil Serbiyaning Nish shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo yarim finalda rossiyalik Iuliia Chumgalakovaga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar