Makin ud-Davla al-Hasan ibn Ali ibn Mulhim ibn Dinor al-Uqayliy, shuningdek Ibn Mulhim Fotimiylar xalifaligi sarkardasi. Fotimiylarning Ifriqiyani qayta egallash harakatiga boshchilik qilgan va Suriyaga qarshi harbiy yurishlar uyushtirgan. 1058—1060-yillarda Halab noibi, 1062-yilda esa Jund al-Urdunnning harbiy noibi lavozimlarida ishlagan. Hayoti Kelib chiqishi Ibn Mulhim arablarning Banu Uqayl qabilasiga mansub boʻlganBianquis, p. 657.. Qarmatlar davri, 9-asr oxirlarida qabila janubda joylashgan Havrondan shimoldagi Furot vodiysigacha boʻlgan Suriya choʻlida oʻz qarorgohini barpo etganBianquis, p. 624.. Ibn Mulhimning bobosi Mulhim ibn Dinor Misrning Ixshidiylar sulolasi hukmdori Abulmisk Kafur () davrida Jund Dimashqning Havron va Bathaniyya tumanlari hokimi lavozimida xizmat qilgan. Ibn Mulhimning amakisi Abulqays Hamid ibn Mulhim Misrda yashagan va Fotimiy xalifa al-Hakim davrida, 1009-yilda Jund Dimashq hokimi lavozimida ishlagan. Harbiy faoliyati Ibn Mulhim Fotimiylar xizmatiga kirgach, vazir Abu Muhammad al-Yazuriy uni Ifriqiyani Ziriy hukmdor al-Muʼizz ibn Badis qoʻlidan qaytarib olish uchun yuboradiBrett, pp. 186–187.. Vazir avvalroq Riyo va Zugʻbada yashovchi Banu Hilol qabilalarini Ziriylar hududiga bostirib kirishga undagan edi. Bu voqea Ibn Badisni qarshi hujumga majbur qilgan. Biroq, uning qoʻshinlari Haydaron jangida magʻlubiyatga uchragan. Hiloliy urugʻlar oʻlja ustida janjallashgach, nizoni bartaraf etish uchun Ibn Mulhim yuborilgan. Shundan soʻng, Ziriylar poytaxti Qayravonni qamal qilish maqsadida qabilaning badaviy jangchilaridan foydalangan. Ibn Badis Qayravonga qamalda qolganda, Ibn Mulhim mintaqaning qolgan qismini zabt etishga kirishib, Gabes va Ifriqiyaning koʻplab qishloqlarini qoʻlga kiritadi. Ziriylar qoʻshinining asosini tashkil qilgan otliq qoʻshinlarga ega Berber konfederatsiyasi – Sanhojalarning bir yetakchisi Ibn Mulhim tomoniga oʻtib, Gabes shahri noibi etib tayinlandi. Shu bilan birga, Riyo qabilasi sardori qishloq hududlar noibi etib tayinlandi. Ibn Mulhim Qohiraga qaytib keladi. Oʻzi bilan birga Fotimiylar xalifasi al-Mustansirga () sodiqlik bildirmoqchi boʻlgan bir qancha Ifriqiya zodagonlari hamda Haydarondan olingan oʻljalardan xalifaga tegishli ulushni olib keladi. Shaharda dabdaba va izzat-ikrom bilan kutib olinadi.
1055-yilda al-Yazuriy Ibn Mulhimni Vizantiya imperiyasining Suriyaning shimoliy sohil hududida, Antioxiya yaqinida joylashgan yerlariga qarshi harbiy yurishga joʻnatdiBrett, pp. 192–193.. Bu harakat Vizantiya malikasi Theodoraning Misrdagi ogʻir qurgʻoqchilik davrida gʻalla boʻyicha soʻrovni rad etishiga javoban yuz bergan. Biroq, Vizantiya floti Fotimiylar qoʻshiniga qarshi chiqib, Ibn Mulhimni asir oladi. 1056-yil iyul oyida Theodoraning vafotidan soʻng, Vizantiya va Fotimiylar oʻrtasidagi ittifoq qayta tiklanib, Ibn Mulhim ozodlikka chiqarilganBrett, p. 194.. Ibn Mulhim yana Suriya shimolidagi Fotimiylar qoʻshini qoʻmondoni boʻladi. 1058-yilda Halabning mirdosiy amiri Thimal ibn Solih oʻz lavozimini Bayrut hamda Akko hokimligi bilan almashtirishga rozi boʻlgach, Ibn Mulhim Halab hokimi etib tayinlanadi. Halab 1060-yilda Thimalga qaytarilib, Ibn Mulhim Akko hokimligiga tayinlanadiBrett, p. 199.Gil 1997, p. 407.. Shuningdek, Ibn Mulhim Tiberias hokimi ham boʻlgan. Aslida, Jund al-Urdunnning (Iordan viloyati) harbiy hokimi ham edi. Shuningdek, Ibn Mulhim zimmasiga hududda istiqomat qiluvchi qabilalar, Banu Fazora va Banu Sulaymga rahbarlik qilish vazifasi ham yuklatilgan. Bu ikki qabila, Banu Uqayl singari, Qays konfederatsiyasiga mansub edi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:11-asr arablari Turkum:Banu Uqayl Turkum:Fotimiylar xalifaligi generallari Turkum:Fotimiylar xalifaligi hokimlari Turkum:Halabning Fotimiy hokimlari Turkum:Vizantiya imperiyasining urush mahbuslari Turkum:Arab—Viznatiya urushlarida ishtirok etgan Fotimiylar