Koca Davud posho (; 1446–1498) – Sulton Boyazid II hukmronligi davrida Usmoniylar imperiyasining sarkardasi va bosh vaziri. Kelib-chiqishi albanlardan boʻlgan. Bayazid II ning ismi nomaʼlum boʻlgan qiziga uylangan va Usmoniylar sulolasiga kuyov (damat) boʻlgan. Ularning Sultonzoda Mehmed Bey ismli oʻgʻli boʻlgan va u oʻzining amakivachchasi Shahzoda Ahmedning qizi Fotima Sultonga uylangan.

Yoshlik davri Davud posho, ehtimol, avval nasroniy boʻlgan, keyinchalik esa musulmon boʻlgan. Bolalik chogʻida Istanbulda yashagan va oilasi uni kelajakda martabaga erishishi uchun Usmoniylar qoʻshiniga yuborgan. Ana shu tizim orqali u armiyaga olingan va islom dinini qabul qilgan.

Harbiy yurishlari 1473-yilda Onadoʻli viloyatining beklarbegi sifatida u Otlukbeli jangida Oq qoʻyunlilar davlatiga qarshi qoʻlga kiritilgan hal qiluvchi gʻalabada Usmoniylar qoʻshinining sarkardalaridan biri edi. 1478-yilda Sulton Mehmed II uni Albaniyaning Shkoder shahriga yurish qilayotgan qoʻshinning bosh qoʻmondoni qilib tayinladi, oʻzi esa Krujëga qarshi yurish qildi. Davud posho Shkoder shahrini egallashga muvaffaq boʻldi. Bu shahar Lezhë ligasining soʻnggi tayanchi edi, uning qulashi bilan Usmoniylar–Albaniya urushlari yakuniga yetdi. 1479-yilda Davud Bosniya sanjagining hokimi (sanjakbeyi) etib tayinlandi va katta sonli akıncı otliq qoʻshini boshida turib Vengriya qirolligiga qarshi keng koʻlamli hujum va reydlar uyushtirdi.

Bosh vazir sifatida Davud posho 1487-yilda Usmoniylar–Mamluklar urushi doirasida Usmoniylar qoʻshiniga boshchilik qilgan. Dastlab Davud posho Mamluklarga qarshi keng qamrovli hujum rejasini tuzgan edi, biroq uning bu rejasi Sulton Boyazid II tomonidan bekor qilingan va unga Turgutlu hamda Varsak qabilalariga qarshi yurish vazifasi topshirilgan. Davud posho Turgut va Varsak hududlariga yetib borgach, qabila boshligʻi hamda Varsak yetakchilari unga boʻysunib, Usmoniylar imperiyasiga sadoqat qasamyodi qilgan.

Davud posho 1498-yil 20-oktyabrda Didymoteichoda vafot etdi. U oʻzidan katta miqdorda mulk qoldirdi va shu mablagʻlar hisobiga bir qancha jamoat inshootlari qurildi.

Jamoat ishlari Davud posho tomonidan qurdirilgan jamoat inshootlari, asosan, zamonaviy Istanbuldagi Forum Arcadii hududida joylashgan. U yerda posho atrofi 108 ta doʻkon bilan oʻralgan masjid, madrasa, maktab, musofirxona, kambagʻallar uchun oshxona hamda 1485-yilga oid jamoat favvorasini qurdirgan. Shu sababli bu hudud keyinchalik uning nomi bilan „Davutpaşa“ mahallasi deb atalgan. Hozirgi kunda bu yer Fatih tumaniga kiradi. Yenikapi mahallasida esa Davud posho saroy, kema kelib toʻxtaydigan joy, 11 ta doʻkon va hammom qurdirgan. Uning tomonidan qurilgan boshqa jamoat inshootlari orasida Bitoladagi bedestan, Skopye va Bursadagi doʻkonlar ham bor. Davud poshoning Skopyeda qurdirgan hammomlari Bolqondagi eng katta hammomlar hisoblanadi, hozirgi kunda ular sanʼat galereyasi sifatida foydalanilmoqda.

Yana qarang Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati

Manbalar

Turkum:1498-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi qullari Turkum:15-asr hokimlari Turkum:Damatlar Turkum:15-asrda tugʻilganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan albanlar Turkum:Usmoniylar imperiyasining alban bosh vazirlari Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari Turkum:Devshirme