Koca Mustafa posho (1512-yilda vafot etgan) – Usmoniylar davlat arbobi. 1511–1512-yillarda Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan. Usmoniylar xizmatiga devshirme tizimi orqali kirib kelmagan.

Hayoti Mustafo posho oʻz faoliyatini Topkapı saroyida kapıcıbaşı yaʼni „bosh darvozabon“ lavozimidan boshlagan. Bu lavozimda chet ellik elchilarni qabul qilish marosimlarida marosim bosh rahbari sifatida ham xizmat qilgan. 1491-yilda Mustafo posho Sulton Boyazid II ning qizi Kamerşoh Sultonga uylangan va undan Hundi Hanımsulton ismli qizi hamda Sultonzoda Usmon Bey ismli oʻgʻli boʻlgan. Boyazid II hukmronligining soʻngiga yaqin bosh vazir etib tayinlangan, biroq 1512-yilda qatl etilgan.

Istanbulda Mustafo posho ikkita qadimiy Vizantiya cherkovini masjidga aylantirgan boʻlib, binolar keyinchalik poshoning nomi bilan atalgan. Ular Koca Mustafo posho masjidi hamda Atik Mustafo posho masjidlaridir.

Yana qarng

Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1512-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi qullari Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi qullari Turkum:1510-yillar Usmoniylar imperiyasida Turkum:Devshirme Turkum:Salim I ning bosh vazirlari Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasining bosh vazirlari