Christy Nicole Turlington Burns (; 1969-yil 2-yanvarda tugʻilgan) model. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida supermodel sifatida mashhurlikka erishgan. 1989-yilda, shuningdek, 2014-yilda Calvin Klein brendining Eternity koʻrgazmasida ishtirok etgan. Bundan tashqari, model sifatida Maybelline brendini ham namoyish etgan. American Vogue jurnalining uzoq yillik badiiy rahbari Grace Coddington uni „dunyodagi eng goʻzal ayol“ deya taʼriflagan.
Yoshlik davri Christy Turlington 1969-yil 2-yanvarda Kaliforniyaning Walnut Creek shahrida tugʻilgan. Otasi Pan Am aviakompaniyasi uchuvchisi Dwain Turlington, onasi esa salvadorlik styuardessa María Elizabeth (qizlik familiyasi: Parker Infante). Oilada uch qizning oʻrtanchasi boʻlgan. Onasi rim-katolik oqimiga eʼtiqod qilgan va farzandlarini ham shu ruhda tarbiyalagan. Keyinchalik Christy voyaga yetgach ham shu dinga eʼtiqod qilishda davom etgan.
Otasi Pan Am aviakompaniyasida tayyorlov kapitani sifatida ishlayotgan paytda, Turlington Florida shtatining Mayami shahrida ot minishni mashq qilayotgan edi va aynan oʻsha paytda u model sifatida mahalliy fotograf Dennie Cody tomonidan kashf etilgan. Turlington 14 yoshidan 16 yoshigacha maktabdagi darslaridan keyin, shuningdek, yozgi taʼtil paytlarida Kaliforniyaning Danville shahridagi Monte Vista oʻrta maktabida oʻqib yurgan kezlarida model sifatida ishlay boshlagan. 18 yoshga toʻlgach, modellik sohasida toʻliq faoliyat olib borish maqsadida Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan.
Shaxsiy hayoti alt=Christy Turlington and Edward Burns at a movie premiere|thumb|250x250px|Turlington va eri Edward Burns 2000-yilda Turlington Hamptonsdagi bir ziyofatda aktyor, rejissyor va yozuvchi Edward Burns bilan tanishgan va yil oxiriga kelib ular unashtirilgan }}. 2002-yilda Nyu-Yorkda juftlik birgalikda oʻzlari uchun alohida yer-mulk sotib olganlaridan keyin oradan atigi bir necha oy oʻtib, ular ajralishga qaror qilishgan }}. Juftlik keyinchalik yana yarashgan }} va 2003-yil iyun oyida San Franciscoda boʻlib oʻtgan marosimda turmush qurishgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Turkum:21-asr Amerikalik ayollar Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Kaliforniyalik ayol modellar