Badis ibn al-Mansur (; 984-yil 14-avgust — 1016-yil 10-may) Ifriqiya Ziriylarining uchinchi hukmdori boʻlib, 996—1016-yillarda hukmronlik qilgan. Abu Mansur Badis Nosir ud-Davla ismi bilan ham mashhur boʻlgan.

Badis ibn Mansur 996-yil 8-aprelda otasi al-Mansur ibn Buluggin () oʻrniga Ifriqiya noibi lavozimini egallagan. Oʻz hukmronligining dastlabki davrida Tiaret shahridan Tripoli shahrigacha boʻlgan Ziriy mulklariga tahdid solayotgan Zenata berberlari qoʻzgʻoloni bilan yuzlashdi. Qoʻzgʻolon bilan shaxsan shugʻullanishni istab, amirlikning sharqiy qismlari boshqaruvini noib qoʻlida qoldirdi. Badis hukmronligi davomida Fotimiylarning Tripolitaniyaga hujumlarini ham bartaraf etishiga toʻgʻri keldi.

Ziriylar oʻrtasidagi hokimiyat uchun ziddiyatlar tufayli oliy hukmdor boʻlgan Misr Fotimiylari bilan juda yaqin aloqada boʻldiTalbi (1970) notes that he sent the poet ar-Raqiq on a diplomatic mission to Cairo.. Badisning hukmronlik huquqini amakisi Zavi ibn Ziriy shubha ostiga oldi. Natijada, Zavi ibn Ziriy oxir-oqibat Andalusiyaga quvib yuborilib, u yerda Granada ziriylari (1012—1090-yillar) sulolasiga asos soldi.

1001-yilda Badis Zenata, ularning ittifoqchilari Magʻrava hamda Zavi ibn Ziriy ustidan ishonchli gʻalabaga erishib, oʻz mavqeini mustahkamladi. Bu muvafaqqiyatga boshqa bir amakisi Hammad ibn Buluggin tufayli erishildi. Hammad 1004/5-yilda yana bir bor Zenata hujumini bartaraf etib, 1007/8-yilda Qalʼa qasrini barpo etdi. 1014-yilda Hammad qoʻzgʻolon koʻtargach, 1015-yilda Badis unga qarshi qoʻshin tortdi. 17-oktyabr kuni Badis Chelifda Hammad ustidan gʻalaba qozondi. Biroq, Qalʼani ololmay, qamal boshlashga majbur boʻldi. Qamal 1016-yil 10-mayda Badis vafot etgunga qadar davom etdi.

Uning oʻlimi Hammadiylar davlatining Ziriylardan ajralib chiqishini muqarrar qilib qoʻydi. Soʻnggi yillarda Tunisda boshlangan shialarga qarshi qoʻzgʻolonlar esa Ziriylar va ularning Fotimiy hukmdorlari oʻrtasida Badisning oʻgʻli va vorisi al-Muʼizz boshchiligida munosabatlarning uzilishini boshlab berdi. Badisning singlisi Saida bintu Mansur regent etib tayinlandi. Chunki al-Muʼizz taxtga oʻtirgan vaqtda hali voyaga yetmagan edi. Manbalar

Adabiyotlar

Talbi, Mohammed. (1970). A propos d'Ibn al-Raqīq'. Arabica vol. 19 p. 86-96.

Turkum:1016-yilda vafot etganlar Turkum:Ifriqiyaning Ziriy amirlari Turkum:Tunis shialari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:10-asr berberlari Turkum:11-asr berberlari Turkum:10-asr Afrikadagi monarxlar Turkum:11-asr Afrikadagi monarxlar Turkum:Fotimiylar xalifaligining vassal hukmdorlari Turkum:10-asr Ifriqiyalik kishilar Turkum:11-asr Ifriqiyalik kishilar