Chet el sudida ish yuritishni toʻxtatish haqida qaror – bu sud yoki arbitraj tribunali tomonidan chiqariladigan, qarshi tarafni boshqa yurisdiksiya yoki tegishli sudda sud jarayonini boshlash yoki davom ettirishdan toʻxtatib turuvchi qarordir. U parallel jarayonlar yoki eng maʼqul sudni tanlash muammosini (hozirgi yoki kutilayotgan holatlarda) hal etish vositalaridan biridir.

Soʻnggi yillarda koʻplab yurisdiksiyalarda bunday sud qarorini olish uchun yuqori talablar qoʻyilgan, masalan, jarayon „zulm oʻtkazadigan yoki asossiz“ deb topilgan hollarda. Bundan tashqari, Gazprom ishida] qabul qilingan muhim qarorgacha boʻlgan davrda, chet el sudida ish yuritishni toʻxtatish haqida qaror Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlari oʻrtasidagi sud yoki arbitraj jarayonlarida qoʻllanilmaydi, deb qaralganTurner v Grovit (C-159/02) 1 AC 101Sebastiano Nessi, "Anti-suit and Anti-arbitration Injunctions in International Commercial Arbitration: The Swiss Approach", in SAA Series on International Arbitration, Vol. 3, Selected Papers on International Arbitration, Bern, Stämpfli, 2013Allianz SpA (formerly Riunione Adriatica di Sicurta SpA) v West Tankers Inc (C-185/07) 1 AC 1138. Masala shundan iborat ediki, arbitraj jarayonlari Brussel reglamentidan chiqarib tashlangan boʻlsa-da, unga chet el sudida ish yuritishni toʻxtatish haqida qaror tatbiq etilishi mumkinmi, yoʻqmi aniq emas edi. Bu masala Gazprom ishida hal qilindi va mazkur chiqarib tashlash tafsilotlari Brussel reglamentining 12-retsitalida yoritildi. Shunday qilib, hozirgi pozitsiyaga koʻra, Yevropa Ittifoqi arbitraj tribunalari chet el sudida ish yuritishni toʻxtatish haqida qaror chiqarishi va u Yevropa Itifoqiga aʼzo davlatlar Adliya sudlari tomonidan tan olinishi mumkin.

Yana qarang Daʼvodan voz kechish

Manbalar

Turkum:Xalqaro xususiy huquq