Sulhi Dölek (20-sentyabr 1948 – 7-noyabr 2005) – turk yozuvchisi, satirachi, mexanik muhandis va dengiz ofitseri.

Hayoti Sulhi Dölek 1948-yil 20-sentyabrda Istanbulda tugʻilgan. U Turk dengiz flotiga qoʻshilib, Dengiz akademiyasida tahsil olganKitoblar sahifasi . Taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirish uchun AQShga ketgan. Michigan universitetida mexanik muhandislik va dengiz muhandisligi yoʻnalishlarida oʻqiganBio sahifasi. 1988-yilda Komandir unvoni bilan Dengiz flotidan isteʼfoga chiqqan va yozuvchilik faoliyatini davom ettirgan. U 2005-yil 7-noyabrda miya infarkti sabab vafot etgan.

Isteʼfoga chiqishidan oldin ham uning baʼzi qisqa hikoyalari Akbaba satirik jurnalida nashr etilgan. Shuningdek, u Milliyet va Cumhuriyet gazetalari uchun maqolalar yozgan.

Asarlari Quyida uning kitoblari keltirilgan:

Romanlar 1975: Korugan („Bomba panjarasi“) 1981: Geç Başlayan Yargılama („Kech boshlangan sud“) 1982: Kiracı („Ijarachi“) 1988: Teslim ol Küçük („Taslim boʻl, kichkina“) 1991: Truva Katırı (Troya xachiri) 1997: Kirpi („Kirpi“)

Qisqa hikoyalar toʻplami 1983: Vidalar („Vidolar“) 1994: Aynalar („Oynalar“)

Esselar va tadqiqot kitoblari 1983: Yergi Nükte ve Fıkralarıyla Yusuf Ziya Ortaç („Yusuf Ziya Ortaj satiralari, latifalari va ertaklari bilan“) 1990: Balığın şarkısı („Baliq qoʻshigʻi“) 1990: İçimizdeki Yasakçı („Ichimizdagi taqiqlovchi“) 1997: Habis’in Serüvenleri („Habisning sarguzashtlari“)

Shuningdek, u bir qator bolalar kitoblarini yozgan.

TV va dramalar Dünya Dönüyor („Dunyo aylanadi“) Süper Baba („Super ota“) Külyutmaz („Ayyor“) İkinci Bahar („Ikkinchi bahor“) Kirpi („Kirpi“)

Manbalar

Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:2005-yilda vafot etganlar Turkum:Michigan universiteti muhandislik fakulteti bitiruvchilari Turkum:Turk dengiz floti ofitserlari Turkum:Turk mexanik muhandislari Turkum:Turk satirachilari Turkum:Turk dramaturglari Turkum:Turk bolalar yozuvchilari Turkum:Topkapı qabristoniga dafn etilganlar