Seyyid Hasan posho (1748-yilda vafot etgan) – 18-asrda xizmat qilgan Usmoniylar imperiyasi sadr vaziri.
Posho hozirgi Turkiyaning Tokat viloyatiga qarashli Reşadiye shahridan boʻlgan. Kelib chiqishi turk. Istanbulda yanicharlar korpusida xizmat qilgan. Bir necha marta lavozimi koʻtarilgach, 1739-yilda armiyadagi eng yuqori unvon yanicharlar ogʻasi lavozimiga tayinlangan. Oʻsha yili u Grocka jangida qatnashib, oʻzini iqtidorli sarkarda va jangchi sifatida namoyon etgan. 3 yildan soʻng, 1742-yil 4-oktyabrda bosh vazir lavozimiga tayinlangan. Garchi posho deyarli 4 yil davomida bu lavozimda xizmat qilgan boʻlsa-da, fuqarolik boshqaruvi ishlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bora olmagan va 1746-yil 10-avgustda sulton tomonidan lavozimidan ozod etilgan. Biroq koʻplab sobiq buyuk vazirlar singari u ham Usmoniylar imperiyasining turli hududlarida hokim sifatida xizmat qilishni davom ettirgan, Rodos oroli (hozirgi Yunoniston), İçel (hozirgi Mersin viloyati, Turkiya) va Diyorbakir viloyatlari hokimi boʻlgan. Seyyid Hasan posho 1748-yil dekabr oyida vafot etganAyhan Buz: Osmanlı Sdarazamları, Neden Kitap, İstanbul,2009, p.232.
Uning oʻgʻli Seyyid Abdulloh posho Hasan poshodan keyin bir muddat sadr vazir lavozimida xizmat qilgan.
Yana qarang Usmoniylar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati
Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:1748-yilda vafot etganlar