Sprinter – britaniyalik reper Dave va Central Cee tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Singl 2023-yil 1-iyun kuni Neighbourhood va Live Yours leyblari orqali chiqarilgan hamda toʻrt kundan soʻng eʼlon qilingan ijodkorlarning hamkorlikdagi „Split Decision“ nomli albomiga kiritilgan.

„Sprinter“ UK Singles Chartda birinchi haftadanoq 1-oʻrinni egallagan boʻlib bu Dave uchun uchinchi, Central Cee uchun esa birinchi topga chiqqan trek boʻldi. Kompozitsiya Buyuk Britaniyada ketma-ket 10 hafta davomida birinchi oʻrinni egallab, mamlakat tarixidagi eng uzoq vaqt davomida yetakchilik qilgan rep qoʻshigʻiga aylandi. Shuningdek, u Avstraliya, Irlandiya, Lyuksemburg, Yangi Zelandiya va Shveytsariya hit-paradlarida ham birinchi oʻrinni egallagan. „Sprinter“ 2023-yilda Spotify platformasida Buyuk Britaniyada eng koʻp tinglangan qoʻshiq boʻldi. 2024-yil aprel holatiga koʻra esa u barcha davrlarning eng koʻp tinglangan britan rep qoʻshigʻiga aylandi.

Mazkur trek 2024-yilning 23-may kuni PRS for Music Most Performed Work nominatsiyasida Ivor Novello mukofotiga sazovor boʻlgan.

Musiqiy videosi Qoʻshiq uchun yaratilgan musiqiy video 2-iyun kuni eʼlon ommaga taqdim etilgan boʻlib, unda sahnalar London va Fransiyaning janubida suratga olingan. Monakodagi epizodlar 2023-yil may oyining oxirlarida tasvirga olingan. Videoda nigeriyalik ijodkor Slawnni ham koʻrishimiz mumkin. Klipda ijodkorlar oʻz hayot tarzining hashamatli jihatlarini – olmoslar va boshqa qimmatbaho buyumlarni namoyish etadi. Shuningdek, videoda ayollar ham tasvirlangan.

Chartlar

Haftalik chartlar + Weekly chart performance for "Sprinter" Chart (2023) Yuqorioʻrin Australia Hip Hop/R&B (ARIA) 1 Croatia (Billboard) 16 France (SNEP) 28 Italy (FIMI) 80 Latvia (LaIPA) 3 Lebanon Airplay (Lebanese Top 20) 9 Lithuania (AGATA) 5 Luxembourg (Billboard) 1 MENA (IFPI) 4 Norway (VG-lista) 3 Poland (Polish Streaming Top 100) 33 Romania (Billboard) 22 Suriname (Nationale Top 40) 8 UAE (IFPI) 10

Yillik chartlar + 2023-yil yakuniy chartlaridagi trek natijalari Chart (2023) Oʻrin Australia (ARIA) 15 Austria (Ö3 Austria Top 40) 34 Belgium (Ultratop 50 Flanders) 92 Canada (Canadian Hot 100) 35 Denmark (Tracklisten) 18 Germany (Official German Charts) 73 Global 200 (Billboard) 98Hungary (Single Top 40) 42 Iceland (Tónlistinn) 20 Netherlands (Single Top 100) 25 New Zealand (Recorded Music NZ) 11 Sweden (Sverigetopplistan) 22 Switzerland (Schweizer Hitparade) 12 UK Singles (OCC) 2 US Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard) 96

+ 2024-yil yakuniy chartlaridagi trek natijalari Chart (2024) Oʻrin Australia Hip Hop/R&B (ARIA) 25 UK Singles (OCC) 74

Manbalar

Turkum:Central Cee qoʻshiqlari Turkum:2023-yil qoʻshiqlari Turkum:Rep