Derviş Ali () (1673-yilda vafot etgan) – XVII asrda yashagan Usmoniylar davridagi mashhur xattot.

Hayoti va ijodi Derviş Ali yoki Büyük, Birinci yoki ayırt Mâruf nomlari bilan tanilgan (bu nomlar uni keyinchalik yashagan shu ismli boshqa ikki xattotdan farqlash uchun ishlatilgan)Islam Encyclopedia, (https://islamansiklopedisi.org.tr/dervis-ali-buyuk) Online:.

Uning yoshlik yillari haqida juda kam maʼlumot mavjud. Tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Derviş Ali yanichar zobiti Kara Hasan oʻgʻli Huseyn ogʻa xonadonida qul sifatida voyaga yetgan. Yoshligida yanicharlar tarkibida kichik zobit boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik u mashhur xattot Halid Erzurumiy (vafoti: 1651) qoʻlida tahsil olganBayani, M., The Decorated Word: Qurʼans of the 17th to 19th Centuries, Volume 4, Part 1, Nour Foundation, 1999, p. 77.

Derviş Ali Köprülü kutubxonasida ishlagan va koʻplab xattotlarni tayyorlagan. Ularning eng mashhurlari bosh vazir Köprülüzade Fazıl Ahmad poshoBayani, M., The Decorated Word: Qurʼans of the 17th to 19th Centuries, Volume 4, Part 1, Nour Foundation, 1999, p. 77, Hofiz UsmonSuarez, M. F. and Woudhuysen, H. R. (eds), The Oxford companion to the Book, Volume 1, Oxford University Press, p. 776 va Suyolcuzade Mustafo Eyubiy boʻlganPickthall, M. W. and Asad, M. (eds), Islamic Culture, Volume 57, Islamic Culture Board, 1983, p.20; M. Uğur Derman, Masterpieces of Ottoman Calligraphy from the Sakıp Sabancı Museum, İstanbul, Sabancı Üniversitesi. pp. 82–83. Uning yana bir shogirdi Ismoil afandi boʻlib, u Hofiz Usmonning qabrtoshi yozuvlarini yozgan va Qurʼonning 44 nusxasini koʻchirganRoper, G. (ed.), The History of the Book in the Middle East, Routledge, 2017, [e-book edition], n.p..

Derviş Ali 1673-yilda keksalik chogʻida vafot etgan va Topkapı (qadimiy Sent-Romen darvozasi) hududi tashqarisida dafn etilganTurkish Biographical Index, Walter de Gruyter, 2011, p. 286; Huart, C., Les Calligraphes et les Miniaturistes de l’Orient Musulman , 1972, p. 146 (https://archive.org/details/lescalligraphes00huargoog) Digital copy (in French).

Yana qarang Usmoniylar imperiyasi madaniyati Hofiz Usmon Islom xattotligi Usmoniylar xattotlari ro‘yxati Usmoniylar sanʼati

Manbalar