Xattot Aziz afandi (1871 – 1934-yil 16-avgust) – Usmoniylar davrida yashagan xattot.
Hayoti va ijodi 1871-yilda Maçkada tugʻilgan, tavallud paytidagi ismi Mehmed Abdulaziz afandiTurkish Biographical Index, Walter de Gruyter, 2011, p. 151. Uning oilasi Rus–turk urushi (1877–78) davrida Usmoniylar poytaxti Istanbulga koʻchib kelgan. Aziz afandi 1885-yilda boshlangʻich taʼlimni tamomlagach, plovdivlik Ahmad Orif afandidan xattotlikni oʻrgana boshlagan va shu bilan birga Hat Mektebida (xattotlik maktabi) tahsil olgan. 1894-yilda maktabni bitirgan va 1896-yilgacha Muhsinzoda Abdulloh Hamdi afandi rahbarligida mashq qilishda davom etgan.
1921-yilda Misr qiroli Fuod I uni Qohiraga taklif qilgan, u yerda Aziz afandi Qur’onni koʻchirgan va uni tilla bilan bezaganhttp://www.worldofcalligraphy.com/index.php?option=com_content&view=article&id=183&Itemid=120(http://www.worldofcalligraphy.com/index.php?option=com_content&view=article&id=183&Itemid=120) Kamel Al-Baba, Calligraphy a Noble Art, Saudi Aramco World, July/August 1964. Ushbu ishni yakunlagach, u Misrda qolib, oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan va arab yozuvini takomillashtirishga qaratilgan maktablar tashkil etilishida hissa qoʻshgan.
1932-yilda Aziz afandi Istanbulga qaytib kelgan va ikki yildan soʻng, 1934-yil 16-avgustda vafot etgan.
Aziz afandining ikki xattotlik asari Turkiyadagi Bursa Katta masjidida osigʻliq turibdi. Aziz afandi 11 ta Qur’on nusxasini, bir qancha hilyalarni va boshqa yozma asarlarni koʻchirganhttp://www.iub.edu/~iuam/online_modules/islamic_book_arts/exhibit/writing_implements/calligraphic_practice_sheet_(mesk).html(http://www.iub.edu/~iuam/online_modules/islamic_book_arts/exhibit/writing_implements/calligraphic_practice_sheet_%28mesk%29.html) Calligraphic Practice Sheet (Meşk), Indiana University Art Museum.
Asarlaridan namunalar
Yana qarang Usmoniylar imperiyasi madaniyati Islom xattotligi Usmoniylar xattotlari roʻyxati Usmoniylar sanʼati
Manbalar
Havolalar https://web.archive.org/web/20110612013320/http://www.restoraturk.com/restorasyon-sanat/hat-sanati-restorasyonu/411-hattat-aziz-efendi.html(https://web.archive.org/web/20110612013320/http://www.restoraturk.com/restorasyon-sanat/hat-sanati-restorasyonu/411-hattat-aziz-efendi.html) Hattat Aziz Efendi haqida maqola], muallif Muhittin Serin (turk tilida) Muhittin Serin: Hattat Aziz Efendi, Istanbul (1988, 1999), , Sâmiha Ayverdi, İbrâhim Efendi konağı, Kubbealti Publishing (2009), , 147-bet ((https://books.google.com/books?id=XeYRwR8ErTwC&pg=PA147) 147-betda portret surati mavjud])
Adabiyotlar Muhittin Serin, Hattat Aziz Efendi, Istanbul, Kubbealti, 1999