Artin Hindoğlu () – XIX asrda yashagan Usmoniylar davrining etimologiyashunosi, tarjimon, professor, tilshunos hamda birinchi zamonaviy fransuzcha–turkcha lugʻat muallifi.

Hayoti Arman millatiga mansub Artin Hindoğlu Istanbulda tugʻilgan va 10 yoshigacha shu yerda yashagan. Uning oilasi aslida Kütahyadan boʻlgan. 1812-yilda u Avstriyaga koʻchib oʻtgan va 1824–1831-yillarda professor sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik Avstriya imperiyasi imperatori uchun tarjimon etib tayinlangan.

Asarlari Uning bizga maʼlum birinchi nashri 1829-yilda Venada chop etilgan boʻlib, unda „oddiy suhbatni tushunish uchun Usmoniy turk tili grammatikasi“ haqida bayon etilgan. Ushbu asar keyinchalik fransuz tiliga tarjima qilinib, 1834-yilda „Grammaire théorique et pratique de la langue turke telle qu’elle est parlée à Constantinople“ () nomi bilan chop etilgan(https://archive.org/details/gb2-dZ9uHwmOsC}}).

1830-yilda Artin Hindoğlu nemischa–armancha lugʻat yozib, uni Venetsiyadagi armanlarning San Lazzaro degli Armeni orolidagi Mekhitarist monastirida nashr ettirgan(https://books.google.com/books?id=OToNAAAAIAAJ}}).

1838-yilda Artin Hindoʻgʻlu „Dictionnaire Abrégé Français-Turc“ () asarini yozgan, bu oʻz turidagi birinchi lugʻat hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Usmoniylar imperiyasi armanlari Turkum:Venadan chiqqan yozuvchilar