Izzet Mehmed Pasha (1723 – 1784-yil fevral, Belgrad) – ikki marta, 1774–1775-yillarda va 1781–1782-yillarda Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan usmoniy davlat arbobi.
Rus–Turk urushining oxirlariga kelib, posho sadaret kaymakamı yaʼni bosh vazir yoʻqligida uning oʻrnini bosuvchi vakil lavozimida xizmat qilganProf. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt IV, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 p 75. Sulton Abdulhamid I uni 1774-yil 10-avgustda Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri biri etib tayinlaganhttp://www.tualimforum.com/diger-unlulerin-biyografileri/33704-safranbolulu-izzet-mehmet-pasa-biyografisisafranbolulu-izzet-mehmet-pasa-hayati.html(http://www.tualimforum.com/diger-unlulerin-biyografileri/33704-safranbolulu-izzet-mehmet-pasa-biyografisisafranbolulu-izzet-mehmet-pasa-hayati.html) Tualimforum sahifasi ]. Uning birinchi vazirlik davri 1775-yil 7-iyulda yakunlangan. Olti yildan soʻng, posho Erzurum viloyati hokimi sifatida xizmat qilayotgan paytda 1781-yil 20-fevralda qayta bosh vazir etib tayinlangan. Uning asosiy vazifasi urushda muvaffaqiyatsizlikka uchragan armiyani isloh qilish edi. Biroq bu vazifada u sultonning ishonchini oqlay olmadi. Bundan tashqari, Istanbulda yuz bergan yirik yongʻin katta talafot keltirib chiqardi va noroziliklarga sabab boʻldi. Natijada sulton uni 1782-yil 25-avgustda lavozimidan ozod qildi va Plovdivga surgun qildi.
Bosh vazirlikdan tashqari, Izzet Mehmed posho bir qator yuqori martabali lavozimlarda ham ishlagan. 1774-yil 6-iyulda vazir unvonini olgan va Aydin viloyati (1775), Misr viloyati (1775–1778), Sivas viloyati (1778–79), Erzurum viloyati (1779, 1780–81), Rakka viloyati (1779–80) hamda Belgrad (1783–84) hokimi sifatida faoliyat yuritgan.
Izzet Mehmed posho 1784-yil fevral oyida Belgradda hokimlik lavozimida boʻlgan paytda vafot etgan.
Yana qarang
Usmoniylar imperiyasining bosh vazirlari roʻyxati Usmoniylar imperiyasining Misr hokimlari ro‘yxati Belgrad
Manbalar
Turkum:1723-yilda tug‘ilganlar Turkum:1784-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi Misr hokimlari Turkum:Usmoniylar imperiyasi Misr hokimlari