Rasha Abdulloh al-Haraziy (; 1996-yil oktyabr – 2021-yil 9-noyabr) – yamanlik jurnalist va fotosuratchi.

Hayotining boshlangʻich davri va taʼlimi Rasha 1996-yilda Hudayda muhofazotida tugʻilgan. U Hudayda universitetida televideniye va radio yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. Bitirgandan soʻng u Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ain va Al-Sharq yangilik kanallarida ishlagan.

Oʻlimi Rasha 2021-yil 9-noyabrda Aden shahrida oʻzi va erini olib ketayotgan mashinaga oʻrnatilgan qurilma portlashi natijasida halok boʻlgan. Rasha oʻldirilganida homilador edi. Uning oʻldirilishidan oldin Rasha jurnalist sifatidagi ishi tufayli koʻplab tahdidlar olgan. Hech bir jinoiy guruh bu holatni amalag oshirganligini oʻz zimmasiga olmadi, lekin uning eri portlash ortida Husiylar kuchlari borligiga shubha qilgan.

Rasha al-Haraziyning oʻldirilishi 10-noyabrda eʼlon qilingan matbuot bayonotida UNESCO bosh direktori Odrey Azoulay tomonidan qoralangan. Oʻldirilgan jurnalistlarni kuzatish markazining jurnalistlar xavfsizligi boʻyicha global monitoringiga koʻra, al-Haraziy 2021-yilda Yamanda oʻldirilgan yagona ommaviy axborot vositalari mutaxassisi edi.

Manbalar