Damat Mehmed Ali posho (1813–1868) – Usmoniylar davlat arbobi va diplomat boʻlgan. 1852-yil 3-oktyabrdan 1853-yil 14-maygacha, yaʼni Qrim urushi arafasida bosh vazir (sadrazam) lavozimida xizmat qilgan. Fuad posho, Mehmed Emin Âli posho va Mustafo Rashid posho bilan bir qatorda Tanzimot islohotlari davrining asosiy islohotchilaridan biri hisoblanadi.

Yoshlik davri va faoliyati Mehmed Ali posho 1813-yilda hozirgi Turkiyaning Qora dengiz boʻyidagi Hemşin shahrida tugʻilgan. Uning otasi Hoji Ömer ogʻa, bobosi esa yongʻoq savdosi bilan shugʻullangan Hoji Ali ogʻa edi. Posho otasiga hamroh boʻlib Istanbulga borganda Mehmed Alining oldida yuqori martaba eshiklari ochilgan. Otasi Galata Başağası yaʼni Galata imperator saroyining bosh amaldori lavozimiga tayinlangan. Mehmed Ali esa 1828–1840-yillar oraligʻida Usmoniylar floti bosh admirali boʻlgan Ahmad posho Pabuççuzâde tomonidan xizmatga olingan.

Mehmed Ali saroydagi faoliyati davomida koʻplab muhim lavozimlarni egallagan, jumladan, 1845–1847, 1848–1849, 1851–1852, 1855–1858 va 1858–1863-yillarda besh marta dengiz floti bosh admirali lavozimida ishlagan. 1849–1851 hamda 1853–1854-yillarda posho serasker (yaʼni harbiy ishlar vaziri) boʻlgan. 1852–1853-yillarda esa bosh vazir (sadrazam) lavozimini egallagan.

Shaxsiy hayoti Mehmed Ali poshoning Mehmed Bey ismli bir ukasi va Fotima Hanim ismli bir singlisi boʻlgan. Fotima Hanim bosh vazir Mustafo Rashid poshoning oʻgʻli Mehmed Cemil poshoga turmushga chiqqan.

Birinchi rafiqasi Saliha Hanim bo‘lib, undan Mahmud Edhem posho ismli o‘g‘il tug‘ilgan. Edhem 1857-yil 23-aprelda Sulton Abdulmajid I va Guljamol qadinning qizi Refia Sultonga uylangan. Refia Sulton 1880-yilda vafot etgach, Fatma Nazli Hanimga uylangan. Ularning o‘g‘li Mehmed Ali Bey 1887-yil 6-oktyabrda vafot etgan. Edhem esa 1886-yil 7-fevralda hayotdan ko‘z yumgan.

Ikkinchi rafiqasi Adile Sulton Mahmud II va Zernigâr Hanimning qizi edi. Ular 1845-yil 23-aprelda turmush qurishgan. Ularning Hayriye Hanımsultan, Sultonzoda Ismoil Bey, Sidika Hanimsulton va Aliye Hanimsulton ismli to‘rt farzandi bo‘lgan.

Uchinchi rafiqasi Nevkevser Hanim bo‘lib, ular Hatice Hanim ismli qiz farzand ko‘rganlar. Hatice Hanim Jemal Beyga turmushga chiqqan.

Yana qarang Usmoniylar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1813-yilda tugʻilganlar Turkum:1868-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari Turkum:19-asr diplomatlari Turkum:Damatlar Turkum:Usmonlilar imperiyasiga oid shaxslar haqidagi chala maqolalar