Cristóbal Balenciaga Eizaguirre (; 1895-yil 21-yanvarda tugʻilgan – 1972-yil 23-martda vafot etgan) – ispaniyalik moda dizayneri, Balenciaga kiyim brendining asoschisi. Christian Dior uni „barchamizning ustozimiz“ deya atagan. 1972-yilda uning vafot kunida „Womenʼs Wear Daily“ gazetasi bosh sahifasida „Qirol vafot etdi“ sarlavhasi ostida u haqida yozilgan.

2011-yildan beri Balenciaga dunyoga kelgan shahar Getariada bunyod etilgan Cristobal Balenciaga muzeyida uning ijod namunalaridan iborat koʻrgazma tashkil etilgan. Muzeydagi 1200 dan ortiq asarning aksariyati uning shogirdi Hubert de Givenchy va mijozlari, jumladan, birinchi xonim Jacqueline Kennedy tomonidan taqdim etilgan.

Yoshlik davri Cristobal Balenciaga 1895-yil 21-yanvarda Ispaniyaning Getaria (Gipuzkoa) shahridagi Bask tumanida tugʻilgan. Uning otasi José Balenciaga Basurto dengizchi boʻlgan va Christobal hali bola boʻlgan vaqtida vafot etgan. Onasi Martina Eizaguirre Embil tikuvchilik bilan shugʻullangan. Bolaligida Balenciaga va uning ikki aka-ukasi Agustina va Juanlar birgalikda onasi bilan vaqt oʻtkazardi. Oʻn ikki yoshida Balenciaga tikuvchiga shogird tushgan. Oʻsmirlik chogʻida oʻz shahrining eng zodagon ayoli boʻlgan Markiz de Casa Torres uning mijozi va homiyiga aylangan. Markiz de Casa Torres uni Madridga yuborgan va oʻsha yerda Balenciaga tikuvchilik boʻyicha rasmiy taʼlim olgan.

Karyerasi Balenciaga Ispaniyadagi dastlabki dizaynerlik faoliyati davridayoq katta muvaffaqiyat qozongan. 1919-yilda San Sebastiánda butik ochgan, keyinchalik esa uni Madrid va Barselonadagi filiallar bilan kengaytirgan. Ispaniya qirollik oilasi va aristokratiyasi uning liboslarini kiygan, biroq Ispaniya fuqarolar urushi sababli doʻkonlarini yopishga majbur boʻlgach, Balenciaga Parijga koʻchib oʻtgan. Dizayner 1937-yil avgust oyida Parijning George V prospektida oʻzining moda uyini ochgan.

thumb|Getariadagi Cristobal Balenciaga muzeyi

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Cristóbal Balenciaga Museum Cristóbal Balenciaga at Museum of Garment (Madrid) Cristóbal Balenciaga at Museum of Design (Barcelona) Cristóbal Balenciaga at Victoria and Albert Museum (London) Cristóbal Balenciaga at Chicago History Museum Digital Collections Balenciaga library collection at the BelMal Malletier Fashion Library (Belgium)

Turkum:LGBTQ moda dizaynerlari Turkum:1972-yilda vafot etganlar Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:Ispan gey sanʼatkorlar Turkum:Ispan moda dizaynerlari