Mariya Glebovna Timofeeva (2003-yil 18-noyabr kuni Moskvada tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional tennis oʻyinchisi, 2025-yil oktyabrgacha Rossiya uchun oʻynagan. Rossiya sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan (2019). U WTA turnirlarining yakkalik bahslarida bir marta gʻoliblikni qoʻlga kiritgan; juftlik bahslarida Rossiya chempioni unvonini olgan (2022).
Timofeeva WTA reytingida yakkalik boʻyicha 93-oʻrin va juftlik boʻyicha 179-oʻrinni egallagan. U WTA turida bitta yakkalik unvonini, shuningdek ITF turnirida beshta yakkalik va oltita juftlik unvonlarini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayot U mashhur klassik pianinochi ning nabirasi hisoblanadi . 2023-yilgi AQSh ochiq turnirida Timofeeva doʻsti va tennischi Yekaterina Kazionova bilan birga Daria Kasatkinaning blogidan ilhomlanib, YouTubeʼda „Kiss My Ace“ nomli blogerlik kanalini boshladi. Mariya Timofeyevaning katta opasi Antonina rok qoʻshiqchisi boʻlib, Antonia Queen taxallusi ostida ijod qiladi va u vokal murabbiyi hamdir
2025-yil 20-oktyabrda Timofeyeva Oʻzbekiston fuqaroligini olgani va musobaqalarda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etishni boshlashi eʼlon qilindi. U oilasi bilan olti oy mobaynida Toshkentda istiqomat qilganini va Oʻzbekiston tennis federatsiyasiga oʻz tashabbusi bilan fuqarolikni oʻzgartirish boʻyicha murojaat qilganini maʼlum qildi. Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha tennischilar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol tennischilar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:Rossiya sport ustalari Turkum:Tennis boʻyicha Rossiya chempionlari