Gelzenkirxen — Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida. Aholisi 294 mingdan ziyod kishi (1990 yillar oʻrtasi). Emsher daryosi va ReynXerne kanali boʻyidagi yirik port. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Rur havzasining eng yirik sanoat markazlaridan biri. Gelsenkirchenda toshkoʻmir qazib chiqarish, kokskimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika, oynasozlik, neftdan mahsulotlar olish, toʻqimachilik korxonalari ham bor. Gelsenkirchenda Germaniya konchilik sanoatining boshqarmasi joylashgan. Gigiyena instituti bor. Shahar Rur toshkoʻmir havzasining rivojlanishi munosabati bilan XIX asrning 2-yarmida vujudga kelgan. Birinchi shaxta 1858 yilda qurilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Gelsenkirchen Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida joylashgan shahar. Ushbu shahar Myunster tumani tarkibiga kiradi. Maydoni — 104,84 km2. 257 981 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Geografiyasi Hududi Gelsenkirchenning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Germaniya shaharlari