Ibtihol Solih (1949 – 15-avgust 2015) – misrlik qisqa hikoyalar yozuvchi, romannavis va tarjimon. U Jizada tugʻilgan va Ayn Shams universitetida psixologiya yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. Ibtihol Misr teatrida va radioda ishlagan. Uning birinchi qisqa hikoyalar toʻplami al-Navras (Chaqqon) 1989-yilda nashr etilgan, keyin esa 1992-yilda ikkinchi jild Dunya Saghira (Kichik dunyo) chop etilgan. Uning birinchi romani Navfiz Zarqaa (Koʻk derazalar, 2000) tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. U yana bir qator qisqa hikoya toʻplamlari va romanlarini nashr ettirgan. Solih Sahar Tavfiq, Siham Bayyumi va Salvo Bakr bilan bir xil avlod ayol yozuvchilari qatoriga kiradi.

U yozgan qissalarining tanlangan toʻplami Marilyn Booth tomonidan Children of the Waters nomi ostida ingliz tiliga tarjima qilingan. Uning asarlari shuningdek, nemis (Hartmut Fahndrich tomonidan), fransuz va italyan tillariga tarjima qilingan.

Manbalar

Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:2015-yilda vafot etganlar Turkum:Ayn Shams universiteti bitiruvchilari Turkum:20-asr ayol yozuvchilari