Gulchehra Sa’dullayeva – kino, teatr va dublyaj aktrisasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist.

Hayoti Gulchehra Sa’dullayeva 1950-yil 12-aprelda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. Oilali, 3 nafar – ikki qiz, bir o‘g‘il farzandi bor. Aktyor Lutfulla Sa’dullayev bilan oila qurgan. Qizi Gulira’no Ma’sudova aktyor Fathulla Ma’sudov bilan, kichkina qizi Muqaddas Sa’dullayeva esa aktyor Yigitali Mamajonov bilan turmush qurgan. Kuyovi Fathulla Ma’sudov 2020-yilda, turmush o‘rtog‘i Lutfulla Sa’dullayev esa 2022-yilda vafot etgan.

Aktrisaning o‘zi 2 marta infarkt va 2 marta insultga chalingan.

Ijodi Gulchehra Sa’dullayeva dastlab Yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. Hozirda Satira teatrida faoliyat yuritadi. 1969-yilda suratga olingan „O‘tkan kunlar“ filmidagi Zaynab roli bilan tanilgan. Shuningdek, „Bahor qaytmaydi“ (1972), „Shum bola“ (1977), „Diyonat“ (1981), „Kelinlar qo‘zg‘oloni“ (1985), „Chayongul“ (2000), „Ayolning bir makri“ (2001), „Boyvachcha 2“ (2008), „Qalbaki dunyo“ (2009), „Qalb ko‘zi“ (2010), „Opa-singillar“ (2010-2014), „O‘xshatmasdan uchratmas“ (2011), „Poyqadam“ (2012), „Layloyimsan“ (2013), „Sunami“ (2013), „Geolog“ (2014), „Baxt ortidagi dard“ (2015), „Egizak oshiqlar“ (2017), „Muhabbat va nafrat“ (2018), „Tuhmat girdobi“ (2019), „Xiyonatkor kelin“ (2019) kabi film va teleseriallarda rol ijro etgan.

Manbalar

Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:12-aprelda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar