Lassana Diarra (; 10-mart 1985, Parij) – fransiyalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.Lassana asosan tayanch yarimhimoyachi chizigʻida harakat qiladi, lekin u oldinlari Chelsi safida va hozirgi milliy terma jamoadagi oʻyinlarida hujum chizigʻiga yaqin holda yoki oʻng qanot himoyachisi chizigʻida ham oynay oladi. U Ispaniyada „Lass“ nomi bilan mashhur. Sababi, „Real Madrid“da birga oʻynagan jamoaning sobiq yarim himoyachisi Mamadu Diarra bilan adashtirmaslik uchun shunday nom bilan atashgan.
Jamoalardagi faoliyati
Gavr Lassana Diarra oʻzining professional faoliyatini Fransiyaning „Gavr“ klubida boshlagan va jamoadagi muvaffaqiyatli ishtiroki natijasida tayanch yarimhimoyachi sifatida Fransiya U-21 terma jamoa safiga chaqirilgan. Terma jamoada u „Chelsi“ kuzatuvchilari nigohiga tushdi va uni yoshi katta boʻlgan, yaqin orada alishtirilishi kerak boʻlgan Klod Makelele oʻrnini bosuvchi sifatida qarashdi. 2005 yilning iyul oyida 1 mln. funt sterling evaziga Chelsi safiga qoʻshildi.
Chelsi Oʻzining „Chelsi“dagi birinchi mavsumida asosiy tarkibda koʻp oʻyin amaliyotiga ega boʻlmasa ham jamoaning 2005/06 mavsumdagi eng yaxshi yosh oʻyinchi deb topildi. 2006/07 mavsumda himoya chizigʻidagi ketma-ket yuz bergan jarohatlar sababi jamoaning bosh murabbiyi Jose Mourinho Diarrani oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynata boshladi. Bu vaqtda Diarraga nisbatan „Arsenal“ klubi qiziqish bildira boshladi va „Chelsi“ rahbariyati futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2008-yilning yanvarida muddati tugashini inobatga olgan holda oʻz raqobatchilariga Lassanani 2007-yilning 31-iyulida qoʻyib yuborishga rozi boʻlishdi.
Arsenal „Arsenal“ jamoasiga 2 mln. funt sterlingga oʻtgan Diarra oʻziga Frederik Yungberg ketganidan soʻng, boʻsh boʻlgan sakkizinchi raqamni oldi. Jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger Diarrani jamoaga juda foydali oʻyinchi ekanligini, uning koʻpqirralik futbolchi ekanligini taʼkidladi.
Bu orada Diarra oʻzi xohlagandek yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmadi va uni transfer qilishlarini talab qildi. Arsenalga qoʻshilganiga 5 oy oʻtmasidanoq Diarra „Portsmut“ tarkibiga 5.5 mln. funt sterling evaziga borib qoʻshildi.
Portsmut Diarra Portsmutga 2008-yil 11-yanvarida oʻtdi, uni jamoaga kelib qoʻshilishiga „Arsenal“ tarkibida yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmaganligi, buning natijasida 2008-yilda oʻtadigan Yevropa chempionatida qatnasha olmay qoʻlishi mumkinligi sabab boʻldi. Portsmutda u asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va uning klubdagi va terma jamoadagi oʻyinlari Yevropaning grand jamoalari eʼtiborini tortdi. Dekabrning oʻrtalaria Portsmut madridning „Real“ jamoasi bilan oʻyinchi transferi boʻyicha kelishuvga erishdi. Kelishuvga koʻra, Diarra 20 mln. funt sterling evaziga Madridliklar safiga oʻtadigan boʻldi.
Real Madrid Diarraning „Real“ safiga qoʻshilishi rasman 2009-yil 1-yanvarida, transfer oynasi ochiladigan kuni amalga oshirildi. Yangi jamoada u jarohati sababli mavsumning oxirigacha safdan chiqqan Mamadu Diarraning raqamida oʻynay boshladi. Adashtirmaslik uchun uning maykasiga „Lass“ deb yozildi.
2011-yil 26-noyabrda Diarra „Real“dagi oʻzining 100-nchi oʻyinini oʻtkazdiLassana Diarra zapisal v svoy aktiv 100-y match za „Real“.
Anji 2012-yil 31-avgustda transfer oynasining yopilishiga sanoqli vaqtlar qolganida, „Real“ Diarrani „Anji“ jamoasiga sotib yubordi. Transfer „Anji“ga 5 mln. yevroga tushdiZa Diarra „Anji“ zaplatil poryadka € 5 mln. Diarra yangi jamoasi bilan „3+1“ tizimida shartnoma imzoladi„Anji“: kontrakt s Diarra podpisan po sxeme 3+1. Fransuz „Anji“da 2012-yil 16-sentabrda „Krasnodar“ga qarshi kechgan 8-tur oʻyinida oʻz debyutini nishonladi. Oʻyin 5:2 hisobida „Anji“ gʻalabasi bilan yakunlandiXiddink: dlya debyuta Diarra provyol prekrasniy match.
Erishgan natijalari Jamoaviy
„Chelsi“
Angliya kubogi gʻolibi (1): 2007 Futbol ligasi kubogi (1): 2007 Jami: 2 kubok
„Portsmut“
Angliya kubogi gʻolibi (1): 2008 Jami: 1 kubok
„Real Madrid“
Ispaniya chempioni: 2011/12 Ispaniya kubogi gʻolibi (1): 2011 Ispaniya superkubogi sohibi (1): 2012 Jami: 3 kubok
Shaxsiy
„Chelsi“ning yildagi eng yaxshi yosh oʻyinchisi (1): 2006 Jami: 1 mukofot
Manbalar
Havolalar Realmadrid.ru saytidagi oʻyinchining sahifasi Sports.ru saytidagi oʻyinchining sahifasi
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Le Havre AC futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Portsmouth F.C. futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Al Jazira Club futbolchilari Turkum:FC Anji Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari