Baghali palov () — guruch, dukkakli loviya va ukropdan tayyorlanadigan anʼanaviy eron taomi. Fors tilida baghali — “fava loviya”, polo esa “palov, guruchli taom” maʼnosini anglatadi. Taom guruch va yashil fava loviyasini qaynoq suvda pishirish orqali tayyorlanadi. Pishgan guruch hamda loviya qavatma-qavat qilib ukrop bilan aralashtiriladi va dimlab pishiriladi. Baʼzan guruchga zaʼfaronli suv ham qoʻshiladi. Baghali polo odatda goʻsht bilan tortiladi. Eronning boshqa anʼanaviy taomlari kabi, bu taom ham maxsus tadbirlar va oilaviy yigʻinlarda tez-tez tayyorlanadi.
Yana qarang Xoresh Palov Manbalar
Turkum:Guruchli taomlar Turkum:Eron oshxonasi