Valyuta birjasi — ishtirokchilari chet-el valyutasi orqali ish yuritadigan savdo faoliyatni tashkil qilishda yordam beruvchi, valyuta bozori infrastrukturasining bir elementidir. Valyuta birjasi valyuta bozorining asosiy elementlarining faoliyatini tashkil qilib beradi: savdo sistemasi (kontragent qidirish mexanizmi), kliring va hisob sistemasi (kelishuv ijro mexanizmi).

Valyuta birjasi — q. Birja.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Valyuta va moliyaviy aktivlar shoshilinch savdosi bilan mutahassis ravishda faoliyat koʻrsatadigan valyuta birjalari mavjud, — London moliyaviy fyucherslar halqaro birjasi (London International Financial Futures Exchangehttp://en.wikipedia.org/wiki/London_International_Financial_Futures_Exchange), Amsterdamdagi Yevropa opcion birjasi (European Options Exchange), Frankfurtdagi Olmon shoshilinch birjasi (Deutsche Terminboerse), Singapur birjasi (Singapore International Monetary Exchangehttp://en.wikipedia.org/wiki/Singapore_International_Monetary_Exchange), Sidneydagi shoshilinch savdo birjasi (Sydney Futures Exchangehttp://en.wikipedia.org/wiki/Sydney_Futures_Exchange), Venadagi Avstriya shoshilinch opcion birjasi (Oesterreichische Termin Option-boerse). Iqtisodiy nuqtai-nazarda valyuta birjasi — bu birjaviy tashkiliy valyuta bozorining uyushgan ishtirokchisidir. Huquqiy maʼnoda esa, valyuta birjasi xorijiy valyuta orqali birjaviy savdoni tashkil va tartibga solish yoʻli bilan koʻtara bozorini shakllantiruvchi yuridik shaxs deb hisoblanadi. Manbalar

Turkum:Iqtisodiyotga oid chala maqolalar