Artemida kelishuvlari – AQSh hukumati va boshqa davlatlar oʻrtasida tuzilgan, huquqiy majburiy kuchga ega boʻlmagan koʻp tomonlama kelishuvlar toʻplami boʻlib, ular kosmik fazoda amal qilinishi kutilayotgan tamoyil va meʼyorlarni batafsil bayon etadi. Ushbu kelishuvlar Artemida dasturi bilan bogʻliq boʻlib, ushbu AQSh boshchiligidagi xalqaro tashabbus 2027-yilgacha insonni yana Oygacha yetkazish, keyinchalik esa Mars va undan ham uzoqroq fazoni oʻrganishni maqsad qilgan.

2025-yil 1-noyabr holatiga koʻra, Latviyaning qoʻshilishi bilan Artemida kelishuvlarini 60 ta mamlakat imzolagan. Ularning orasida 29 tasi Yevropada, 13 tasi Osiyoda, 7 tasi Janubiy Amerikada, 5 tasi Shimoliy Amerikada, 4 tasi Afrikada va 2 tasi Okeaniyada joylashgan.

NASA va AQSh Davlat departamenti tomonidan ishlab chiqilgan bu kelishuvlar Oy, Mars va boshqa osmon jismlarini tinch maqsadlarda va fuqarolik yoʻnalishida oʻrganish hamda foydalanish boʻyicha hamkorlik uchun huquqiy va siyosiy asos yaratadi. Artemida kelishuvlari oʻz mazmunida 1967-yilgi BMTning „Kosmik fazo toʻgʻrisidagi shartnomasi“ga tayanadi, ishtirokchi davlatlar ushbu xalqaro shartnoma qoidalariga rioya etish majburiyatini oladilar. Hujjat, shuningdek, BMT tomonidan ishlab chiqilgan asosiy kosmik huquq konvensiyalarini ham eslatib oʻtadi va ularga tayanadiOy kelishuvi bundan mustasno, garchi uni Avstraliya ratifikatsiya qilgan bo‘lsa ham. Oy kelishuvini 17 ta ishtirokchi davlat ratifikatsiya qilgan. Ushbu davlatlarning hech biri o‘zining mustaqil ravishda uchirilgan kosmik raketasi orqali inson parvozini amalga oshirmagan..

Artemida kelishuvlari dastlab 2020-yil 13-oktabrda quyidagi sakkizta davlatning milliy kosmik agentliklari vakillari tomonidan imzolangan: Avstraliya, Kanada, Italiya, Yaponiya, Lyuksemburg, BAA, Buyuk Britaniya va AQSh. Bu kelishuv cheklanmagan muddat davomida imzolash uchun ochiq boʻlib qoladi, chunki NASA yaqin yillarda yana koʻplab davlatlar qoʻshilishini kutmoqda. Yangi ishtirokchilar Artemida dasturi faoliyatlarida bevosita qatnashish yoki shunchaki Oy va boshqa osmon jismlarini mas’uliyatli oʻrganish tamoyillariga amal qilishga rozilik bildirish yoʻlini tanlashlari mumkin.

Tomonlar roʻyxati Davlat Qitʼa Imzolangan sana Rasmiy imzolash Okeaniya2020-yil 13-oktyabr Dr. Megan Clark, Avstraliya kosmik agentligi boshligʻi 2020-yil 13-oktyabr Lisa Campbell, Kanada kosmik agentligi prezidenti Yevropa2020-yil 13-oktyabr Riccardo Fraccaro, Italiya Vazirlar Mahkamasi Prezident apparatida davlat kotibi Osiyo2020-yil 13-oktyabr Hagiuda Koichi, Taʼlim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiyalar vaziri va Inoue Shinji, Kosmik siyosat boʻyicha davlat vaziri Yevropa2020-yil 13-oktyabr Franz Fayot, Iqtisodiyot vaziri Osiyo2020-yil 13-oktyabr Sarah Al Amiri, Ilgʻor texnologiyalar vaziri va Birlashgan Arab Amirliklari kosmik agentligi raisi Yevropa2020-yil 13-oktyabr Dr. Graham Turnock, Buyuk Britaniya kosmik agentligi bosh ijrochi direktoriThe signature of the UK was extended to the Isle of Man on 27 July 2021 Shimoliy Amerika2020-yil 13-oktyabr James Bridenstine, NASA administratori Yevropa2020-yil 12-noyabr Osiyo2021-yil 24-may Lim Hyesook, Fan va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vaziri. Okeaniya2021-yil 31-may Peter Crabtree, Yangi Zelandiya kosmik agentligi 2021-yil 15-iyun Marcos Pontes, Braziliya Fan, Texnologiya va Innovatsiyalar vaziri Yevropa2021-yil 26-oktyabr Grzegorz Wrochna, Polsha kosmik agentligi (POLSA) prezidenti Shimoliy Amerika2021-yil 9-dekabr Marcelo Ebrard Casaubon, Meksika Tashqi ishlar vaziri Osiyo2022-yil 26-yanvar Uri Oron, Isroil kosmik agentligi bosh direktori Yevropa2022-yil 1-mart Marius-Ioan Piso, Ruminiya kosmik agentligi prezidenti va bosh ijrochi direktori Osiyo2022-yil 2-mart Dr. Mohamed Al Aseeri, Milliy Kosmik Fan Agentligi (NSSA) bosh ijrochi direktori Osiyo2022-yil 28-mart Gan Kim Yong, Singapur Savdo va sanoat vaziri Janubiy Amerika2022-yil 10-may Marta Lucía Ramírez, Vitse-prezident va Tashqi ishlar vaziri Yevropa2022-yil 7-iyun Philippe Baptiste, CNES prezidenti Osiyo2022-yil 14-iyul Muahmmad bin Saud Al-Tamimi, Saudi Space Commission bosh ijrochi direktori Afrika2022-yil 13-dekabr Isa Ali Ibrahim, Aloqa va Raqamli iqtisodiyot vaziri Afrika2022-yil 13-dekabr Francis Ngabo, Ruanda kosmik agentligi bosh ijrochi direktori Yevropa2023-yil 3-may Jan Lipavský, Chexiya Tashqi ishlar vaziri Yevropa2023-yil 30-may Diana Morant, Ispaniya Fan va Innovatsiyalar vaziri Janubiy Amerika2023-yil 21-iyun Gustavo Manrique Miranda, Tashqi ishlar vaziri Osiyo2023-yil 22-iyun Taranjit Singh Sandhu, Hindistonning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchisi Janubiy Amerika2023-yil 27-iyul Daniel Filmus, Argentina Fan, Texnologiya va Innovatsiyalar vaziri Yevropa2023-yil 14-sentyabr Dr. Walther Pelzer, Germaniya Kosmik Agentligi (DLR) bosh direktori Yevropa2023-yil 10-oktyabr Yevropa2023-yil 1-noyabr Harm van de Wetering, Niderlandlar Kosmik Offisi (NSO) direktori Yevropa2023-yil 9-noyabr Milena Stoycheva, Innovatsiya va Rivojlanish vaziri Afrika2023-yil 30-noyabr Yevropa2024-yil 23-yanvar Hadja Lahbib, Belgiya Tashqi ishlar vaziri Yevropa2024-yil 9-fevral Giorgos Gerapetritis, Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Janubiy Amerika2024-yil 15-fevral Yevropa2024-yil 9-aprel Yevropa2024-yil 16-aprel Dr. Mats Persson, Taʼlim vaziri Yevropa2024-yil 19-aprel Yevropa2024-yil 15-mayAušrinė Armonaitė, Iqtisodiyot va Innovatsiyalar vaziri Janubiy Amerika2024-yil 30-mayJavier González-Olaechea, Tashqi ishlar vaziri Yevropa2024-yil 30-may Osiyo2024-yil 12-iyun Mkhitar Hayrapetyan, Oliy texnologiyalar sanoati vaziri Shimoliy Amerika2024-yil 4-oktyabr Sonia Guzmán, Dominikan Respublikasi elchisi, Amerika Qoʻshma Shtatlarida Yevropa2024-yil 13-oktyabr Erkki Keldo, Iqtisodiyot va sanoat vaziri Yevropa2024-yil 23-oktyabr Nicodemos Damianou, Tadqiqot, Innovatsiya va Raqamli siyosat boʻyicha vazir Janubiy Amerika2024-yil 25-oktyabr Aisén Etcheverry, Fan, Texnologiya, Bilim va Innovatsiyalar vaziri Yevropa2024-yil 13-noyabr Christina Egelund, Daniya Oliy taʼlim vaziri Shimoliy Amerika2024-yil 11-dekabr José Miguel Alemán Healy, Panama Respublikasi elchisi, Amerika Qoʻshma Shtatlarida Yevropa2024-yil 11-dekabr Petra Schneebauer, Avstriya Respublikasi elchisi, Amerika Qoʻshma Shtatlarida Osiyo2024-yil 16-dekabr Pakorn Apaphant, Geo-Informatika va Kosmik Texnologiyalarni Rivojlantirish Agentligi (GISTDA) bosh ijrochi direktori Yevropa2024-yil 20-dekabr Rainer Schnepfleitner, Lixtenshteyn Aloqa idorasi direktori Yevropa2025-yil 21-yanvar Wille Rydman, Finlandiya Iqtisodiyot vaziri Osiyo2025-yil 8-aprel Ashraf Uddin, Bangladesh Mudofaa vazirligi kotibi Yevropa2025-yil 15-may Cecilie Myrseth, Norvegiya Savdo va sanoat vaziri Afrika2025-yil 24-iyul Maram Kairé, Senegal kosmik agentligi (ASES) bosh direktori Yevropa2025-yil 22-oktyabr Péter Szijjártó, Vengriya Tashqi ishlar vaziri Osiyo2025-yil 22-oktyabr Osiyo2025-yil 27-oktyabr Gay Jane Perez, Filippin kosmik agentligi vakolatli xodimi Yevropa2025-yil 31-oktyabr Dace Melbārde, Latviya Taʼlim vaziri

Tarixi 2020-yil 5-may kuni Reuters agentligi bergan xabariga koʻra, Donald Trump maʼmuriyati Oyda foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha yangi xalqaro kelishuv loyihasini tayyorlayotgan edi. Bu loyiha 1967-yilgi „Kosmik fazo toʻgʻrisidagi shartnoma“ga tayanishi rejalashtirilgan edi. Oradan oʻn kun oʻtib, oʻsha paytdagi NASA rahbari Jim Bridenstine rasmiy ravishda Artemida kelishuvlarini eʼlon qildi. Bu Oyda tadqiqot va konchilik faoliyatini tartibga solish maqsadida hamkor davlatlar bilan tuziladigan xalqaro kelishuvlar toʻplami edi.

Artemida kelishuvlari oʻz nomini Artemida dasturidan olgan. Bu dastur 2017-yilda AQSh tomonidan ishga tushirilgan boʻlib, uning maqsadi 2024-yilgacha birinchi ayol va navbatdagi erkakni Oyga yuborish edi. Bridenstinening soʻzlariga koʻra, ushbu kelishuvlarning maqsadi kelajakdagi kosmik tadqiqotlarda nizolar va tushunmovchiliklarning oldini olish uchun yagona xalqaro qoidalar majmuasini yaratishdan iborat edi. Artemida kelishuvlarini imzolagan davlatlar ushbu dasturda rasmiy ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar. Bu hujjat NASA, AQSh Davlat departamenti va qayta tashkil etilgan Milliy kosmik kengash tomonidan ishlab chiqilgan. Loyiha shaklidagi matn 2020-yil may oyida yakuniy eʼlon qilinishidan avval bir nechta davlatlarga maslahatlashish uchun yuborilgan edi .

2020-yil 13-oktabr kuni boʻlib oʻtgan, rasmiy va jonli efirda namoyish etilgan imzolash marosimida Artemida kelishuvlarini quyidagi davlatlarning milliy kosmik agentliklari rahbarlari imzoladilar: AQSh, Avstraliya, Kanada, Yaponiya, Lyuksemburg, Italiya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari. Oradan bir oy oʻtib, Ukraina milliy kosmik agentligi rahbari ham ushbu kelishuvni imzoladi.

2021-yilda Janubiy Koreya kelishuvni imzolagan oʻninchi davlat boʻldi, oradan bir hafta oʻtib esa Yangi Zelandiya qoʻshildi. Shu yilning iyun oyida Braziliya Lotin Amerikasidan Artemida kelishuvlariga qoʻshilgan birinchi davlatga aylandi, u aslida 2020-yilda imzolash niyatini bildirgan edi. Polsha esa Dubayda oʻtkazilgan 72-Xalqaro kosmonavtika kongressida kelishuvni imzoladi. Polsha kosmik agentligi rahbari bu orqali mamlakatda milliy kosmik texnologiyalarni rivojlantirish istagini bildirgan. Meksika esa 2021-yil dekabr oyida Artemida kelishuvlariga qoʻshildi.

Yana qarang Kosmik siyosat Kosmik huquq

Izohlar

Manbalar

Havolalar The Artemis Accords (webpage) at NASA

Turkum:Artemida dasturi