Qirol Faysal masjidi () – Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida joylashgan masjid. Masjidga Saudiya Arabistonining sobiq hukumdori Shoh Faysalning nomi berilgan.

Tarixi Masjidning qurilish ishlari 1984-yilda boshlangan va 1987-yil 23-yanvar juma kuni aholi kirishi uchun ochilgan. Shoh Faysalning nomi berilgan bu masjid bir vaqtlar Sharja amirligidagi va butun mamlakatdagi eng katta masjid boʻlgan. Hozirgi kunda Tay hududidagi Sharja masjidi amirlikdagi eng katta masjid sanaladi. Mamlakat miqyosidf eng katta masjid esa Shayx Zayd masjididir.

Geografiyasi Masjid Sharja markazida, Qirol Faysal va Al-Arouba koʻchasida joylashgan boʻlib, yaqin atrofida Sharjadagi Dubay islom banki bosh qarorgohi, Al-Ittihad (Ittifoq) bogʻi, Markaziy avtovokzal va Al-Jubayl bozor mavjud.

Tuzilishi Masjid ikkief minoraga ega boʻlib, ularning balandligi . Masjid maydoni , 16 670 nafar ibodat qiluvchitsh oʻzida sigʻdira oladi, shundan 12 000 nafari masjidda oʻtirib ibodat qilishi mumkin.

Masjidning vazifalari faqat erkaklar va ayollar ibodat qilishi uchun xizmat qilish bilangina cheklanmaydi. Ikkinchi qavatda Sharjaning Islom ishlari va Avqof boshqarmasi joylashgan boʻlib, unda umumiy kutubxona va idoralar mavjud. Kutubxonada islom tafakkuri va islom tarixi boʻyicha taxminan 7000 kitob, zamonaviy shariatga oid asarlar va hadis kitoblari, shuningdek, madaniy, adabiy va ilmiy asarlar mavjud. Zamin va birinchi qavatlar erkaklarning ibodat qilishi uchun moʻljallangan, podval esa ayollar uchun. Ayollar xonasiga yaqin joyda muhtojlarga kiyim topshirish mumkin boʻlgan katta xona mavjud boʻlib, u Sharja xalqaro xayriya tashkiloti tomonidan boshqariladi. Tashkilotning idoralari ham shu binoda joylashgan.

Galereya

Yana qarang Faysal masjidi (Islomobod, Pokiston) Birlashgan Arab Amirliklarida islom Birlashgan Arab Amirliklaridagi masjidlar roʻyxati Saudiya shohlari nomi bilan atalgan obyektlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

King Faisal Mosque (YouTube) Azan from King Faisal Mosque in Sharjah, UAE

Turkum:Sharja shahridagi masjidlari Turkum:Saudiya Arabistoni — Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari Turkum:1987-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:20-asrdagi Birlashgan Arab Amirliklaridagi masjidlar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi gumbazli masjidlar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi minorali masjidlar