Shayx Xalifa bin Zayd an-Nahyon masjidi (), shuningdek, Al-Ayn katta masjidi nomi bilan tanilgan, Shayx Xalifa bin Zayd katta masjidi yoki oddiygina Shayx Xalifa masjidi () deb ham ataladi, Abu-Dabi amirligi Al-Ayn shahridagi eng yirik masjid, Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng katta masjidlardan biri. 2021-yil 12-apreldan ommaga ochiq boʻlgan bu masjidga 2004-yil noyabrdan 2022-yil mayida vafotiga qadar Abu-Dabi hukmdori, Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti boʻlgan shayx Xalifa bin Zayid an-Nahyonning nomi berilgan.
Tarixi Masjidning qurilish boʻyicha 600 million dirhamlik loyiha „Arabian Construction Company“ kompaniyasiga topshirilgan. Qurilish ishlari 2013-yil dekabrda boshlangan. Dastlab qurilishni 2016-yilda yakunlash rejalashtirilgan edi. Ungacha shaharda foydalanib kelinayotgan eng katta masjid marhum shayx Xalifaning otasi shayx Zayd ibn Sulton an-Nahyonning onasi Shayxa Salamaga atalgan masjid edi.
2018-yil sentyabrida yaqin atrofda Islom oltin davriga oid taxminan 1000-yillik masjid va mintaqa tarixiga aloqador boshqa qoldiqlar topildi. Ushbu inshootning yoshi va qadimiyligi uni mamlakatdagi eng qadimgi masjidga aylantirishi mumkin.
2021-yilda masjid ochilgach, hukmdorning Al-Ayn mintaqasidagi vakili shayx Tahnun bin Muhammad an-Nahyon 13-may kuni bu yerda namoz oʻqigan.
Tuzilishi
Masjidning bino qismi maydoni , umumiy maydoni esa ni egallaydi. Ichki qismi 6 433 nafar, tashqi hovlisi esa 14 029 nafar ibodat qiluvchini sigʻdira oladi, jami sigʻimi 20 000 nafardan ortiqni tashkil etadi. Masjidda balandligi taxminan boʻlgan 4 ta minora bor, ularning loyihasi Samarra katta masjididan ilhomlanib yaratilgan. Shuningdek, masjidning turli qismlarini bogʻlovchi va umumiy maydoni boʻlgan hovlini oʻrab turuvchi ayvon (ravoq) ham mavjud. Uning meʼmorchiligi Andalusiya va Umaviylar meʼmorchiligidan ilhomlanib ishlangan.
Gumbazi Masjidning asosiy elementi bu uning ulkan gumbazidir, u bosh ibodat zalini qoplab turadi. Qurʼondan olingan oyatlar bilan bezatilgan gumbazning ichki qismi balandligi , ichki diametri , tashqi diametri boʻlib, umumiy yuza maydoni ni tashkil etadi.
Yana qarang Arabiston yarim oroli Birlashgan Arab Amirliklarida islom Birlashgan Arab Amirliklaridagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar Al Aynni ziyorat qiling | Shayx Xalifa bin Zayid Ol Nahayon masjidi Al Ayn, BAA dagi Shayx Xalifa masjidi 24.11.2015 (YouTube) مسجد الشيخ خليفة في العين Sheikh Khalifa Mosque in Al Ain 24.05.2016 Al Ayn Shayx Xalifa masjidi ichkaridan | Al Ayn katta masjidi toʻliq video | 12/4/21/ ochilgan Shayx Xalifa masjidi, Al Ayn || Bugun ochildi (12 aprel 2021) افتتاح جامع الشيخ خليفة بن زايد في مدينة #العين ١٢/٤/٢٠٢١ يمثل تحفة معمارية على مستوى العالم 2021-yilda masjiddagi Ramazon hayiti namozi
Turkum:Al Ayndagi masjidlar Turkum:2021-yilda yakunlangan masjidlar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklarida 2021-yilda tashkil etilganlar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi XXI asr masjidlari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi gumbazli masjid binolari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi minorali masjid binolari