Badiʼ az-Zamon Abu al-Qosim Hibatulloh ibn al-Husayn (; al-Badiʼ al-Asturlabiy nomi bilan taniqli) — oʻrta asrlardagi mashhur arab tabib, faylasuf, astronom va shoir va islom oltin davri olimlaridan biri.
Biografiyasi Al-Badiʼ al-Asturlabiyning tugʻilgan joyi va sanasi nomaʼlum. Manbalarda uning 510-hijriy (1116–1167 milodiy) yilda Isfahonda yashagani va nasroniy arab tabibi Ibn at-Tilmiz (1074–1165) bilan aloqada boʻlgani qayd etiladi. Keyinchalik u oʻz faoliyatining asosiy qismi kechgan Bagʻdod shahriga koʻchib oʻtgan. U asosan astronomik asboblar, astrolablar yasashi va munajjim sifatida mashhur. Eng mashhur ilmiy yutugʻi – bu barcha kengliklarda ishlatilishi mumkin boʻlgan astrolyabiyani (al-kurah dhat al-kursi) qurish va tavsiflashdir. Bizgacha yetib kelgan yagona asari Kitab al-ʻamal bil Kurah (Sferik astrolabdan foydalanish haqida) nomli kitobidir.
Manbalar
Turkum:1139-yilda vafot etganlar Turkum:12-asr tabiblari Turkum:12-asr arab tili shoirlari Turkum:XII asr arablari Turkum:Islom oʻrta asr olami munajjimlari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan chiqqan faylasuflar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan chiqqan 12-asr kishilari Turkum:Islom oʻrta asr olami soatsozlari