Al-Hasan bin Vahhas (vafoti fevral, 1285) – imom boʻlib, Yamandagi Zaydiy davlatini 1258–1260-yillar davomida boshqargan.
Oldingi imom al-Mahdiy Ahmad bin al-Husayn umrining oxirlarida zaydiy zodagonlari orasida koʻplab dushmanlar orttirgan edi, bu esa yakunda 1258-yilda Shuaba jangida zoʻravonlik bilan oʻldirilishiga sabab boʻlgan. Imomat uchun daʼvogarlardan biri Hamzaviy shariflar sulolasiga mansub, imom al-Muhtasib al-Mujohid Hamza (vafoti 1066) avlodi Abu Muhammad al-Hasan bin Vahhas edi. Uning imomligi zaydiyning bir qismi tomonidan tan olingan. Shaxsan u janglarda shijoatli va aʼlo darajadagi otchi sifatida tasvirlangan. Yana bir daʼvogar Shamsiddin Ahmad boʻlib, u oʻsha vaqtdagi Yamandagi asosiy kuch sanalgan Rasuliy sultonining suzerenitetini rasmiy ravishda tan olgan ediH. C. Kay, Yaman; Its Early Medieval History. London 1892, p. 321.. Ikki daʼvogar imom zaydiy yerlari tarkibidagi mulk va qal’alarni oʻzaro boʻlib olishgan. Oʻsha yili Shamsiddin va uning ikki ukasi epidemiya tufayli halok boʻlib, imomat toʻliq al-Hasan bin Vahhas qoʻlida qoladi. Biroq u tez orada Shamsiddinning ukasi Sarimiddin Davud (vafoti 1290) bilan kelisha olmay qoladi. Sarimiddin Rasuliy shahzodasi Asadiddin Muhammad bilan til biriktirib, 1260-yilda Asafirda al-Hasan bin Vahhas bilan jangga kirishgan. Imom lashkari qochib ketgan bir paytda al-Hasan jang maydonida oxirigacha kurashib, asirga olinadiEl-Khazreji, The Pearl-Strings; A History of the Resuli Dynasty, Vol. I. Leiden 1906, pp. 154-5.. Sarimiddin imomni 1269-yilgacha zindonda saqladi. Ancha keyin, 1284-yilda Sarimiddin Rasuliylarga qarshi kurashishda al-Hasan yordamidan foydalanmoqchi boʻladi, biroq bu omadsiz yakunlanadi. Sobiq imom koʻp oʻtmay, 1285-yil fevral oyida vafot etadiEl-Khazreji, 1907, p. 208..
Yana qarang
Yaman imomlari Yaman tarixi
Manbalar
Turkum:Yaman Zaydiy imomlari Turkum:1285-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:13-asrda Yaman Turkum:XIII asr arablari Turkum:13-asr Zaydiya vakillari