Tatarlar Imur, Yemak, Boyandur, Qipchoq, Lanikaz va Ajladlar bilan birga Kimak konfederatsiyasini tashkil etgan yetti asl turk qabilasidan biri edi. Tatarlar tartib boʻyicha uchinchi oʻrinda turardi. Kimak qabilalari Markaziy Osiyo dashtlaridan kelib chiqqan boʻlib, hozirgi Qozogʻiston hududiga koʻchib kelishgan. Kimakning bir qismi sifatida tatarlar haqida Gardiziy (vafoti 1061) tomonidan ham soʻz yuritilgan.
R. Faxroutdinov fikrlariga koʻra, bu tatarlar „Sharqiy Turk xoqonligi qulashi ortidan gʻarbga ketgan qadimgi tatar aholisining bir tarmogʻi boʻlgan“. Mahmud Qoshgʻariy tatarlar ikki tilli boʻlib, oʻz tillari bilan birga turk tilida ham soʻzlashishini qayd etganMaħmūd al-Kašğari. „Dīwān Luğāt al-Turk“. Edited & translated by Robert Dankoff in collaboration with James Kelly. In Sources of Oriental Languages and Literature. Part I. (1982). p. 82-83. Golden tatarlarga turkiylashgan moʻgʻul tilli xalq sifatida qaraydi.
XI asr tarixchisi Mahmud Qoshgʻariy Tatārlarni oʻn mashhur turk qabilasidan biri sifatida sanab oʻtadi va turkiy siyosiy birliklarning joylashuvini Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) chegaralaridan tortib Xitoy chegaralarigacha quyidagi ketma-ketlikda koʻrsatadi: Bijanaklar; Qipchoqlar; Oʻgʻuz; Yemēk; Bashgʻirt; Basmil; Qāi; Yabāqu; Tatār; Qirgʻiz. Qoshgʻariy, shuningdek, „Koʻchmanchi xalqlar orasida Chomul bor – ularning oʻzlariga xos alohida tili (raṭāna [رَطَانَة]) bor, lekin turk tilini ham biladi; yana Qay, Yabāqu, Tatār va Basmil bor – bu guruhlarning har biri oʻz tiliga ega, ammo ular ham turk tilini yaxshi biladilar“, deb yozadi.
Shine Usu bitiktoshida Toʻquz tatarlar sekiz oʻgʻuzlar (yaʼni „Sakkiz oʻgʻuzlar“, yetakchi uygʻur qabilasiga qarshi chiqqan sakkiz qabilani anglatadiCzeglédy, Karoly (1972) „On the Numerical Composition of the Ancient Turkish Trial Confederations“ in Acta Orientalia Academiae Scientiarum Hungaricae Akadémiai Kiadó) bilan ittifoqda boʻlib, 744–750-yillar oraligʻida hokimiyatni mustahkamlab borayotgan uygʻur xoqoni Bayanchurga qarshi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon koʻtarganlari zikr etiladi"Moghon Shine Usu Inscription" text at Türik BitigKamalov, A. (2003) „The Moghon Shine Usu Inscription as the Earliest Uighur Historical Annals“, Central Asiatic Journal. 47 (1). p. 77-90. Uch marta magʻlub etilgach, oʻgʻuz va tatar isyonchilarining yarmi yana uygʻurlarga qoʻshilib ketgan, qolgan yarmi esa nomaʼlum bir xalq huzuriga qochib borgani, bu xalq xitoylarRamstedt, G. I. (1913) „Zwei Uighurischen Runeinschriften“, p. 52. cited in Kamalov (2003), p. 86 yoki qarluqlar boʻlganini aytadilarCzegledy, K. (1973) „Gardizi on the History of Central Asia“, p. 265. cited in Kamalov (2003), p. 86. Senga va Klyashtorniy fikricha, Toʻquz-tatar isyonchilarining bir qismi uygʻurlardan gʻarbga, Irtish daryosi havzasiga qochib borgach, u yerda (yoki allaqachon u yerda boʻlgan, yoki endigina kelgan) qipchoqlar va boshqa qabila guruhlarini Kimak qabila ittifofiga birlashtirganSenga cited in Golden (2002) „Notes on the Qïpchaq Tribes: Kimeks and Yemeks“, in The Turks, I, p. 662Klyashtorny, S. G. (1997) „The Oguzs of the Central Asia and The Guzs of the Aral Region“ in International Journal of Eurasian Studies 2.
Yana qarang Tatar konfederatsiyasi Tatarlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Kimak konfederatsiyasi Turkum:Tatarlar tarixi