Cecil Rhodes – Janubiy Afrikalik siyosatchi va tadbirkor, Britaniya imperializmi tarafdori, Buyuk Britaniyaning Janubiy Afrikadagi kolonial ekspansiyasi tashkilotchilaridan biri, baʼzi insonlar fikriga koʻra, „aparteid arxitektori“. U 1890-1896-yillarda Kap koloniyasini boshqargan. Shimoliy Rodeziya (hozirgi Zambiya) va Janubiy Rodeziya (hozirgi Zimbabve) davlatlari Cecil Rhodes sharafiga nomlangan. Uning sharafiga Janubiy Afrika universitetlaridan biri nomlangan. Shuningdek, Cecil oʻzining Britaniya hududlari orqali Kapdan Qohiragacha boʻlgan temiryoʻl gʻoyasini taklif qilgan va ushbu gʻoyani amalga oshirishning ashaddiy tarafdori hisoblangan.

Rhodes 1853-yilda Hertfordshireda tugʻiladi. Yoshligidan kasalmand boʻlgani uchun, oila aʼzolari 17 yoshida Afrika havosi unga foyda beradi degan maqsadda Rhodesni Janubiy Afrikaga joʻnatishgan. 1871-yilda, 18 yoshga toʻlganida Cecil Kimberli shahrida olmos savdosi bilan shugʻullana boshlagan. Keyingi 20 yil ichida esa dunyo olmos bozorini egalladi. Rhodes tomonidan 1888-yilda asos solingan De Beers olmos kompaniyasi XXI asrda ham mashhurdir.

Rhodes 1880-yilda, 20 yoshida Kap parlamenti tarkibiga kiradi. 10 yil oʻtib esa bosh vazir lavozimiga koʻtariladi.

Cecil Rhodesning siyosat va biznesdagi asosiy gʻoyalaridan biri anglosakson millatining, 1877-yilgi xatda yozib oʻtganidek, dunyodagi birinchi va eng mukammal millat ekanligini taʼkidlash edi. Rhodes oʻzining „dunyoda bizning millat qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi“ degan fikriga tayanib, britanlarning kolonial hududlarga koʻchib oʻtishining ashaddiy tarafdori boʻlgan va yakunda Britaniya imperiyasining har bir komponenti mustaqil ravishda oʻz siyosatini olib borishi va barcha hududlar vakillari Londondagi yagona imperiya parlamenti tarkibiga kirishi kerakligini orzu qilgan. Tarixchi Richard McFarlane Cecil Rhodesni „Janubiy Afrika va Britaniya imperiyasi tarixining ajralmas boʻlagi“ deb taʼkidlagan va uni AQSh tarixida oʻchmas iz qoldirgan George Washington va Abraham Lincolnga tenglashtirgan. Soʻnggi paytda Rhodes shaxsiyati juda koʻplab tanqidlarga uchramoqda: baʼzi tarixchilar uni imperializmning ashaddiy himoyachisi va oq tanlilarning ustunligi tarafdori sifatida ayblashmoqda, aktivistlar esa uning haykallarini yoʻq qilishni talab qilmoqda Paul Maylam, The Cult of Rhodes – Remembering an Imperialist in Africa (2005) p. 6..

Kelib chiqishi Cecil Rhodes 1853-yilda Hertfordshire, Angliyada tugʻiladi. Francis William Rhodes va Louisa Peacockning beshinchi farzandi edi. Otasi Angliya cherkovi ruhoniysi boʻlgan. Francis esa oʻz navbatida William Rhodes (1774-1843) toʻngʻich farzandi edi. William Rhodes gʻisht ishlab chiqarish bilan shugʻullangan.

Yoshligi Angliya va Jersi Rhodes 9 yoshidan boshlab grammatika maktabiga qatnay boshlagan, lekin astma kasalligi tufayli 1869-yilda oʻqishdan chetlashtirilgan va Basil Williamsga koʻra „oʻqishini otasi qoʻlida davom ettirgan“.

1861-yilgi aholini hisoblash paytida u ammasi Sophia Peacock bilan Jersida yashaganligi yozib qoldirilgan. Jersining havosi va tabiati bronxial astma bilan kasallanganlar uchun foydali hisoblangan. Otasi Rhodesning kasalligi yuqumli boʻlishidan va Janubiy Afrikaga dengizorti sayohati unga foyda berishi mumkin deb oʻylab uni chet elga joʻnatishga qaror qilgan.

Janubiy Afrika Janubiy Afrikada Rhodes ammasi Sophianing mablagʻlari evaziga yashadi. Natal bosh inspektori Piter Sazerlend xonadonida oz muddat istiqomat qilgan Rhodes qishloq xoʻjaligi sohasiga qiziqib qolgan. Rhodes akasi Herbertning Nataldagi Umkomazi vodiysida joylashgan paxta fermasida ishlay boshladi. Yerming paxta yetishtirish uchun yaroqsiz ekanligi tufayli aka-ukalarning boshlagan ishi darhol kasodga uchradi.

1871-yilning oktabr oyida 18 yoshli Rods va 26 yoshli akasi Gerbert koloniyani tark etadi va Shimoliy Kap provinsiyasining Kimberli shahriga, olmos qazib olish hududlariga yoʻl oladi. Rothschild & Co kompaniyasi tomonidan moddiy qoʻllab-quvvatlangan Rhodes keyingi 17 yil davomida Kimberlidagi barcha mayda olmos ishlab chiqaruvchi korxonalarni sotib olishga erishadi.

1890-yilda Rhodesning Londonda joylashgan Diamond Syndicate kompaniyasi bilan strategik sherikchilik haqida imzolangan shartnomasi tufayli u olmos yetkazib berishda monopol huquqlarga ega chiqadi.

Taʼlimi 1873-yilda u oʻz fermasini doʻstining qaramogʻiga qoldirdi va oʻqish uchun Angliyaga joʻnab ketdi. U Oriel Collegega oʻqishga qabul qilinadi, lekin u yerda faqatgina bir semestr oʻqiydi. U Janubiy Afrikaga qaytib ketadi va Oksfordga to 1876-yilga qadar qaytib bormagan. Rhodes John Ruskinning Oksfordda soʻzlagan inauguratsiya nutqidan juda ilhomlangan va ushbu nutqdan soʻng u Britaniya imperializmining ashaddiy tarafdoriga aylandi.

Brilliantlar va De Beersga asos solinishi thumb|180px|De Beers Consolidated Mines Ltd.tomonidan 1902-yil 1-mart kuni chiqarilgan aksiya thumb|180px|Cecil Rhodesning Violet Manners tomonidan chizilgan surati. Oksfordda taʼlim olish bilan bir vaqtda Rhodes Kimberlida ham ancha muvaffaqiyatga erishdi. Cecil Oksfordga ketishidan oldin u doʻsti bilan birgalikda yana ham kattaroq loyiha, De Beersga investitsiya kiritish maqsadida boshqa shaharga koʻchib oʻtishadi. Kompaniya Johannes Nicholas de Beer va uning ukasi Diederik Arnoldus de Beer sharafiga nomlangan.

1839-yilda ushbu hududda istiqomat qiluvchi grikva qabilasi sardori David Danserdan katta hududdagi yerni sotib olgach, David Stephanus Fourie de Beers va boshqa yevropaliklarga yerga ishlov berish huquqini beradi. Ushbu yerlar Modder daryosidan Vaal daryosigacha choʻzilgan edi.

1974-1975-yillarda olmos konlari va umuman olganda olmos sanoatida pasayish kuzatilgan edi, ammo Rhodes va uning doʻsti Rudd ushbu sohada oʻz manfaatlarini mustahkamlash maqsadida qolishdi. Ular tuproqning yumshoq sariq ust qismidan soʻng topilgan kimberlit qatlamida juda koʻplab olmoslar boʻlishiga ishonishgan. Bu davrga kelib shaxtani toʻldirgan suvni yoʻq qilish haqiqiy muammoga aylanadi. Rhodes va Rudd 3 ta asosiy shaxtadan suvni chiqarib olish uchun shartnomani qoʻlga kiritishadi. Rhodes Oksforddan qaytib kelgandan soʻng Robert Gremm bilan birga istiqomat qilgan. Keyincha Gremm Rhodes va Ruddning biznes hamkoriga aylandi .

1888-yil 13-martda Rhodes va Rudd bir qator shaxsiy talablarda oʻzaro kelishuvga erishishgandan soʻng De Beers Consolidated Minesga asos solishadi. 200 000 funt sterling kapitalga ega boʻlgan kompaniya kondagi eng katta ulushga ega edi (1880-yilda 200 000 funt sterling = 2020-yilda 22,5 million funt sterling). Kompaniya asos solinganda Rhodes uning taʼsischisi lavozimiga tayinlanadi.

Rhodes stipendiyasi

Oʻzining soʻnggi vasiyatnomasida Rhodes oʻz sharafiga nomlangan stipendiya joriy etishni tayinlaydi. Yarim asr davomida hukumatlar, universitetlar va alohida shaxslar tomonidan ushbu maqsadda sayohat uchun stipendiyalar taʼsis etiladi. Rhodes stipendiyasi uchun belgilangan talablar mavjud ediTamson Pietsch, „Many Rhodes: Travelling scholarships and imperial citizenship in the British academic world, 1880—1940.“ History of Education 40.6 (2011): 723—739.. Stipendiya Britaniya boshqaruvi ostidagi yoki oldin Britaniya boshqaruvi ostida boʻlgan hududlar va Germaniyaning erkak jinsiga mansub talabalarga Rhodesning alma materi, Oksford universitetida taʼlim olish imkonini beradi. Rhodesning maqsadi liderlikni targʻib qilish va millatlar oʻrtasidaga doʻstlikni mustahkamlash orqali urush holatlarini yoʻq qilish boʻlganPhilip Ziegler, Legacy: Cecil Rhodes, the Rhodes Trust and Rhodes Scholarships (Yale UP, 2008) online review .

Manbalar

Adabiyotlar Monografiyalar

, a scholarly biography Galbraith, John S. Crown and Charter: the Early Years of the British South Africa Company (1974).

Judd, Denis, and Keith Surridge. The Boer War: A History (Bloomsbury Publishing, 2013).

; 856pp; the standard scholarly biography says McFarlane, (2007)

Ensiklopediyalar

Maqolalar

Veb-saytlar PBS: Empires; Queen Victoria; The Changing Empire; Characters : Cecil Rhodes

Memuarlar

online review Havolalar http://www.hrono.ru/biograf/bio_r/rods_s.html http://www.answers.com/topic/cecil-rhodes Cecilrhodes.co.za Africa Stage: Monica Dispatch – 30 June 1999 Cecil John Rhodes history Official Boschendal website Cecil Rhodes on Rhodesia.me.uk De Beers Group Rothschild History 1880—1914

turkum:JAR tarixi turkum:Zambiya tarixi turkum:Zimbabve tarixi turkum:Imperializm turkum:Kap koloniyasi bosh vazirlari turkum:Yurak yetishmovchiligidan vafot etganlar