XXI asr boshlarida arxeologlar tomonidan topilgan neolit davriga oid artefaktlar Istanbulning tarixiy yarim orolida miloddan avvalgi 6-ming yillikdayoq aholi yashab kelganini koʻrsatadi. Yaqin Sharqdan Yevropaga neolit inqilobi yoyilishida muhim oʻrin tutgan bu ilk manzilgoh suv sathining koʻtarilishi natijasida suv ostida qolishidan avval qariyb 1 ming yil davomida mavjud boʻlgan. Osiyo qismidagi insonlar yashagan ilk manzilgoh Fikirtepe tepaligi mis-tosh davriga oid boʻlib, u yerdagi topilmalar miloddan avvalgi 5500–3500-yillarga tegishlidir. Yevropa qismida, yarimorol uchi (Sarayburnu) yaqinida miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida ham manzilgoh boʻlgan. Zamonaviy tadqiqotchilar uni ehtimoliy frakiycha toponim „Lygos“ bilan bogʻlaganlar, ushbu toponim Katta Pliny tomonidan Vizantiya joylashgan hududning avvalgi nomi sifatida tilga olingan.

Hudud atrofida miloddan avvalgi 6700-yillarga oid manzilgohlar boʻlganini koʻrsatuvchi dalillar mavjud, shaharning aynan hozirgi markaziy joyida biror aholi punkti mavjud boʻlgan yoki yoʻqligini aniqlash qiyin. Biroq shaharning oʻzi haqidagi eng qadimgi yozma qaydlari taxminan miloddan avvalgi 660-yillarga taalluqlidir. Oʻsha davrda yunon koʻchmanchilari Attika viloyatidagi Megara shahridan kelib, hududni mustamlaka qilib, Bosforning Yevropa sohilida Vizantiy shahriga asos solganlar. Miloddan avvalgi 196-yilda shahar Rim Respublikasi qoʻliga oʻtgan va 330-yilgacha lotin tilida Vizantiy nomi bilan tanilgan. 330-yilda shahar nomi tez orada Konstantinopol deb oʻzgartirilgan va Rim imperiyasining yangi poytaxtiga aylangan. Yustinian I hukmronligi davrida shahar gʻarb olamidagi eng yirik shaharga aylangan, aholisi esa qariyb yarim million kishiga yetgan. Konstantinopol amalda 1453-yilda yuz bergan Konstantinopol fathiga qadar Vizantiya imperiyasining poytaxti boʻlib xizmat qilgan. Shundan soʻng Konstantinopol Usmoniy turklar poytaxtiga aylangan.

Oʻrta asrlar davomida aholi soni kamaygan boʻlsa-da, Usmoniylar imperiyasi tarixiy ravnaq choʻqqisiga yaqinlashar ekan, XVI asrda shahar aholisi qariyb 700 ming kishiga yetgan. Shuningdek, dunyodagi eng yirik shaharlar qatoriga qaytgan. Turkiya Respublikasi 1923-yilda tashkil topgach, mamlakat poytaxti Konstantinopoldan (Istanbuldan) ilgari Angora deb yuritilgan Anqaraga koʻchirilgan.

Qadimgi davr Bugungi kunda Istanbul nomi bilan maʼlum boʻlgan hududda odamlar kamida neolit davridan beri yashab keladi. Maʼlum boʻlgan eng qadimgi manzilgoh miloddan avvalgi 6700-yilga tegishli boʻlib, 2008-yilda Yevropa qismidagi tarixiy yarimorolda joylashgan Yenikapı metro bekati va Marmaray tunneli qurilish ishlari chogʻida kashf etilganBBC: „Istanbul’s ancient past unearthed“ Published on 10 January 2007. Retrieved on 3 March 2010.. Onadoʻli qismida maʼlum boʻlgan eng qadimgi manzilgoh mis davri deb ataladigan eneolit davriga mansub Fikirtepe qoʻrgʻoni boʻlib, u yerdagi topilmalar miloddan avvalgi 5500–3500-yillarga mansubdir. Yaqin atrofdagi Kadıkoʻyda (Chalkedon) finikiyaliklar davriga oid port manzilgohi topilgan.

Lygos Shaharning dastlabki nomi Lygos boʻlgan. Tarixiy yozuvlardagi Katta Plinyning soʻzlariga koʻra, Lygosga qoʻshni Semistra aholi punkti bilan birga Frakiya qabilalari tomonidan asos solingan boʻlishi mumkin. Hozirgi kunga qadar Lygosga tegishli faqat bir nechta devor va ostki inshootlar saqlanib qolgan, ularning joylashgan joyi Sarayburnu yaqinida boʻlib, hozirda bu yerda Topkapı saroyi joylashgan. Lygos va Semistra Istanbulning Yevropa qismidagi yagona aholi punktlari edi. Osiyo qismida esa Finikiya mustamlakasi mavjud boʻlgan.

Vizantiy

Shaharning keyingi nomi Vizantion (Βυζάντιον) lotinchada Vizantiy edi. Ushbu nom frakiy tiliga mansub boʻlib, būzas („erkak echki“) soʻzidan kelib chiqqan deb ishoniladi. Xususan, ushbu soʻz frakiyalik shaxs Vizasning nomidan kelib chiqqan boʻlishi ham mumkin. Qadimgi yunon afsonasiga koʻra, Megara kolonistlarining rahbari va shaharga oʻz nomini bergan asoschi shaxs sifatida afsonaviy podsho Byzas zikr etiladi. Chalcedondagi Moda burni eramizdan avvalgi 685‑yilda Megaradan kelgan yunon koʻchmanchilari mustamlaka qilish uchun tanlagan birinchi joy boʻlgan. Undan soʻng ular eramizdan avvalgi 667‑yilda podsho Byzas boshchiligida Bosforning Yevropa qismidagi Vizantiyni mustamlaka qilganlar. Vizantiy qadimgi Lygos nomli port manzilgohi oʻrnida barpo etilgan edi. Hozirgi kunda Topkapı saroyi joylashgan joyda Vizantiy davrida Akropol qad koʻtarib turgan.

Pescennius Nigerga qoʻshilib, gʻolib Septimius Severusga qarshi chiqqanidan soʻng, shahar milodiy 196-yilfa Rim imperiyasi tomonidan qamal qilingan va katta talafot koʻrgan. Keyinchalik Vizantiy Rim imperatori Septimius Severus tomonidan qayta qurilgan va tez orada avvalgi ravnaqini tiklagan. Shuningdek, imperatorning oʻgʻli sharafiga shahar vaqtincha Avgusta Antonina nomini olgan.

Keyingi Rim davri va Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasi

right|thumb|300x300px|Konstantinopol shahrining rassom tomonidan tasavvur qilingan manzarasi Rivoyatlarga koʻra, shaharning joylashuvi bashoratli tush orqali aniqlanganidan soʻng, 324-yilda Vizantiy hududining strategik joylashuvi Konstantin I ning eʼtiborini tortgan. Bu bashorat, ehtimol, Konstantinning 324-yil 18-sentyabrda Bosfor boʻgʻozi boʻyidagi Üsküdar shahrida boʻlib oʻtgan Xrizopolis jangida Licinius ustidan qozongan yakuniy gʻalabasi bilan bogʻliq boʻlgan. Ana shu jang Rim hamhukmdorlari oʻrtasidagi fuqarolar urushiga barham berdi. Rim imperiyasining eng nufuzli poytaxt shahri Nicomedia (hozirgi İzmit, Istanbuldan 100 km sharqda) boʻlib turgan paytda Tetrarxiya tizimining soʻnggi izlariga ham yakun yasadi. Vizantiy (Nova Roma deya qayta nomlangan, keyinchalik esa Constantinopolis yaʼni Constantine shahri) 330-yilda rasmiy ravishda Rim imperiyasining yangi poytaxti deb eʼlon qilindi. 337-yilda hukmronligining oxirida Konstantin oʻzining uch oʻgʻlini Rim imperiyasining hamhukmdorlik tizimi boʻyicha qoʻshma vorislar deb eʼlon qildiHunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 248. Biroq oʻgʻillari birgalikda imperiyani tinch yoʻl bilan boshqara olmadilar. Ularning harbiy raqobati Bolqon yarim orolini shimoldan janubga boʻlgan chiziq boʻylab ajratgan holda, imperiyani ikkiga boʻlib yubordi. Hudud 395-yilda rasman boʻlindi: 379–395-yillarda hukmronlik qilgan Feodosiy I vafot etgach, uning oʻgʻli Honorius Gʻarbiy Rim imperiyasining, boshqa oʻgʻli Arcadius esa Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasining imperatori boʻldi.

Konstantinopol Vizantiya imperiyasining poytaxtiga aylandi. Imperiyaviy qudrat, Yevropa va Osiyo qitʼalari, keyinchalik esa Afrika va boshqa mintaqalar kesishgan nuqtadagi asosiy joylashuvning uygʻunligi savdo, madaniyat, diplomatiya va strategiya nuqtai nazaridan muhim rol oʻynadi. Konstantinopol yunon dunyosining markazi boʻlib, Vizantiya davrining katta qismida Yevropadagi eng yirik shahar edi. Konstantinning 312-yilda xristianlikni qabul qilishi Rim imperiyasini xristianlashuv sari yoʻnaltirdi. 381-yilda Feodosiy I hukmronligi davrida Rim imperiyasining rasmiy davlat dini Nikeya xristianligiga aylandi, bu esa Konstantinopolni gullab-yashnayotgan diniy markazga aylantirdiHunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 253.

V asr davomida Gʻarbiy Rim imperiyasi oʻzining yuksak qudratini yoʻqotdi. Bunga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatlarning tanazzuli sabab boʻldi. Gʻarbiy qismning soʻnggi imperatori 476-yilda german yollanma askarlari tomonidan taxtdan agʻdarildi. Sharqiy qismi esa, aksincha, ravnaq topayotgan edi. Tarixchilarning taʼkidlashicha, ravnaq topgan ushbu Sharqiy Rim imperiyasi Rim imperiyasidan farqlash uchun Vizantiya imperiyasi deb tasniflanganHunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 272. Bu imperiya oʻzining madaniyatida aniq yunon xususiyatlariga ega edi. Rim bilan erta yuz bergan ajralishdan soʻng yunon pravoslav xristianligining markaziga aylandi hamda koʻplab ulugʻvor cherkovlar, jumladan, bir zamonlar dunyodagi eng yirik sobor boʻlgan Sofiya ibodatxonasi bilan bezatildi. Sharqiy pravoslav cherkovining maʼnaviy yetakchisi boʻlmish Patriarx Konstantinopol qarorgohi hanuzgacha shu yerda joylashgan.

Vizantiyaning eng mashhur imperatori Yustinian I (527–565) edi. Uning hukmronligi davrida Vizantiya imperiyasi hududlari juda kengaydi. Imperiya hududi Falastindan Ispaniyaning eng chekka nuqtasigacha choʻzilgan edi. Hukmdorning boshqa yutuqlari qatorida mashhur Sofiya ibodatxonasi va 534-yilda yakunlangan, Kodeks deb atalgan tartibga solingan qonun tizimi ham bor ediHunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 253. Yustinianning hukmronligi Vizantiya imperiyasi tarixida eng katta taʼsirga ega davr sifatida baholanadi.

600-yillardan boshlab sodir boʻlgan urushlar Konstantinopol shahri qudratining pasayishi va yuksalishi oʻrtasidagi tebranishga sabab boʻldi. VII–VIII asrlar oraligʻida Vizantiya va Rim cherkovlari turli masalalarda kelishmovchiliklarga duch kelgani sababli Yevropadagi ittifoqchilar asta-sekin Vizantiya imperiyasidan uzoqlasha boshladi. Biroq ikki cherkov oʻrtasidagi asosiy farq cherkovda ikonalardan foydalanish masalasida edi. Iso Masih, Bibi Maryam va avliyolar kabi nasroniy muqaddas zotlarining tasvirlari boʻlgan ikonalar vizantiyalik nasroniylar nazarida shunchaki tasvirlargina emas, balki insonlarning kundalik hayotiga taʼsir etuvchi muqaddas qudratga ega deb hisoblanganHunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 291. Koʻplab vizantiyaliklar ikonolarga sigʻingan boʻlsalar-da, yana koʻpchilik ikonolarga qarshi edi, chunki ular imperatorning hokimiyatiga, uning siyosiy va diniy nazoratiga xalaqit berar edi. Nihoyat, 726-yilda imperator Leo III Isavr () barcha ikonalarni yoʻq qilishni buyurdi. Ikonalarni vayron qilish Vizantiya hukmdorlarining imperiyadagi hokimiyatini qayta tartibga soldi va qayta yoʻnaltirdiHunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. p. 292. Ikonalarga qarshi keskin qarshilik Papalarning tasvirlarga nisbatan murosali munosabati bilan toʻqnash keldi. Papalik muqaddas tasvirlar va ikonalarni yoʻq qilishga rozi boʻlmadi va bu oxir-oqibat ajralishga olib keldiHunt, Lynn. The Making of the West, Peoples and Cultures. 2nd ed. A, To 1500. Mary Dougherty and Denise B. Wydra. Boston: Bedford/St. Martinʼs, 2005. pp. 313–314. Ularning ajralishi ikki cherkov oʻrtasida nafratni keltirib chiqardi va ular oʻrtasidagi hamkorlik mushkul boʻlib qoldi.

Taxminan IX–XIII asrlar oraligʻida Konstantinopol Yevropada oʻsha davrning shakllanayotgan, keyinchalik esa eng yirik va eng rivojlangan davlati boʻlgan Kiyev rusi bilan murakkab munosabatlarni rivojlantirdi. Konstantinopol Kiyev rusining rivojlanishi, madaniyati va siyosatida muhim rol oʻynadi. Koʻplab Kiyev knyazlari Vizantiya imperatorlarining qizlariga uylandi. Mazkur aloqalar tufayli Kiyev knyazi Vladimir I tomonidan Kiyev rusining nasroniylashtirilishidan keyin Sharqiy Yevropa hududlarida pravoslavlik keng tarqaldi. Biroq bu munosabatlar har doim ham doʻstona boʻlmagan. Oʻsha 400-yil ichida Konstantinopol Kiyev knyazlari tomonidan bir necha marta talangan, buning oqibatida Konstantinopol Kiyev uchun tobora foydaliroq boʻlgan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi, ularning matnlari „Oʻtgan yillar haqidagi ertak“ va boshqa tarixiy hujjatlarda saqlanib qolgan. Vizantiya doimiy ravishda oʻsha davrning Kiyev, Polsha, Bolgariya va boshqa Yevropa davlatlarini bir-biriga qarshi qoʻyar edi.