Zi Qor jangi, shuningdek Tuya yelini jangi, milodiy 604—611-yillar oraligʻida Janubiy Iroq hududida arab qabilalari va Sosoniylar imperiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan islomgacha davrdagi jang. Mazkur jang arab-fors munosabatlarida burilish nuqtasi va Sharqiy Arabistondagi forslar hukmronligiga zarba oʻlaroq tarixda qolgan. Biroq, aslida ushbu jang oddiy toʻqnashuvdan ortiq boʻlmagan boʻlishi mumkin. Bu jang baʼzan arablarning forslarga qarshi uzoq davom etgan qoʻzgʻolonining bir qismi hisoblanadi. Mazkur qoʻzgʻolon bir necha oʻn yildan soʻng dastlabki musulmon fathlarida oʻz choʻqqisiga yetgan edi. Kelib chiqishi VI asrda Sosoniylar imperiyasi arab hududlarida oʻz taʼsirini kengaytirish uchun foydalangan qoʻgʻirchoq arab davlati boʻlgan Laxmiylar qirolligi ustidan hukmronlik qilgan. Biroq, asr oxiriga kelganda forslar Laxmiylarni agʻdarib, hududni bevosita oʻz nazoratlariga olishga qaror qildilar. Shundan soʻng, Sosoniylar Tayy qabilasidan boʻlgan arab Iyas ibn Qabisani sobiq Laxmiy hududlariga hokim etib tayinladilar. Keyinchalik, forslar oʻzlarining yangi arab yordamchilari bilan birga janubi-gʻarbiy Iroqdan Arabiston yarim oroliga qadar yoyilgan yirik qabilalar ittifoqi Banu Bakr bilan jangga kirishdilar. Ittifoqqa aʼzo qabilalar oʻrtasida samarali hamkorlik boʻlmasa-da, bakriylar gʻalaba qozondilar. Anʼanaviy arab manbalarida forslar va arablarning yordamchi kuchlari soni mos ravishda 2000 va 3000 kishidan iborat boʻlgani taʼkidlanadi. Voqealar silsilasi Fors manbalarida ushbu jang haqida eslatilmagan. Keyingi davr arab manbalari orqali jangning ikki xil versiyasi yetib kelgan. Ulardan biri Ibn al-Kalbiyga (vafoti 819-yil), ikkinchisi esa Maʼmar ibn al-Musannaga (boshqa nomi Abu Ubayda) tegishli. Maʼmarning rivoyati afsonaviy va ishonchlilik darajasi past deb hisoblanadi. Voqealarning Maʼmar versiyasiga koʻra, Sosoniylar imperatori Xusrav II laxmiylar hukmdori an-Nuʼmon III ibn al-Munzirni taxtdan agʻdargan. Bunga sabab, an-Nuʼmon imperatorning qiziga uylanishni rad etgani va fors ayollarini haqorat qilgani edi. Uning bu ishidan Xusrav II gʻazablanib, unga nisbatan shunday qaror qabul qilgan. Bundan tashqari, Xusrav II Banu Bakr qabilalar ittifoqining eng kuchli aʼzosi boʻlgan Banu Shaybon sardoridan laxmiy hukmdorning oilasi va sovutlarini topshirishni talab qilgan. Talabning rad etilishi esa Zi Qor jangiga sabab boʻlgan. Ibn al-Kalbiyning taʼkidlashicha, laxmiylar hukmdorining agʻdarilishi bakriylarga Eron hududiga bosqinchilik qilish imkoniyatini yaratib bergan. Fors va shayboniy hukmdorlar keyingi toʻqnashuvlarning oldini olish maqsadida oʻzaro kelishuvga erishganlar. Kelishuvga qaramay, Shayboniylar ichidagi oʻzaro raqib guruhlar bosqinchilik yurishlarini davom ettirdilar. Oqibatda forslar Shayboniylar sardorini zindonga tashladilar. Forsiylar sardorlarini qaytarish evaziga bakriylardan garovga odam berishni talab qildilar. Talab rad etilgach, mojaro yuzaga keldi. Zi Qor jangi ayni shu ziddiyatlar oqibatida sodir boʻldi. Sana Musulmon manbalariga koʻra, jang milodiy 602-yildan 624-yilgacha boʻlgan davrda sodir boʻlgan. Biroq, Encyclopædia Iranica maʼlumotlariga asosan, zamonaviy olimlar bu vaqt oraligʻini milodiy 604—611-yillar bilan chegaralaganlar. Birlamchi manbalar Zi Qor jangi haqidagi maʼlumotlar arab tarixi va adabiyotining koʻplab klassik asarlarida keltirilgan. Eng batafsil, ammo eng ishonchli yoki tipik hisoblanmaydigan versiya Bishr ibn Marvon al-Asadiyning Harb Bani Shayban maʼa Kisra Anushirvan () nomli asarida bayon etilganḤarb Banī Shaybān ma'a Kisrá Ānūshirwān, ed. by Muḥammad Jāsim Ḥammādī Mashhadānī (Baghdad: s.n., 1988; first publ. Bombay 1887); Hamad Alajmi, 'Pre-Islamic Poetry and Speech Act Theory: Al-A`sha, Bishr ibn Abi Khazim, and al-Ḥujayjah' (unpublished Ph.D. thesis, Indiana University, 2012), p. 163.. Manbalar
Adabiyotlar
Zi Qor Turkum:7-asr Eronda Zi Qor Zi Qor Turkum:609