Hallongrotta (koʻplik: hallongrottor) keng tarqalgan shved pechenyesi nomidir. Bu nom shved tilida malinali gʻor degan maʼnoni anglatadi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida ular barmoq izli pechenyelar nomi bilan tanilgan. Shuningdek yana koʻplab boshqa nomlar bilan ham ataladi. Avstraliyada sotiladigan oʻxshash pechenyelar murabbo tomchilari nomi bilan maʼlum.

Bu pechenyelar ichiga nachinka qoʻshilgan shortbread pechenyelariga oʻxshaydi. Ularni shakl berib, oson pishirish mumkin. Pechenyelar odatda saryogʻ, un, pishirish kukuni, shakar va vanildan tayyorlanadi. Pechenyelar odatda malinali murabbo bilan toʻldiriladi.

Tarixi Hallongrottaning tarixi 1800-yillarga borib taqaladi, oʻsha paytlarda ular kafferep deb ataladigan shved yigʻinlarida isteʼmol qilingan.

Yana qarang Rojdestvo pechenyeleri Shvetsiya oshxonasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Shved desertlari Turkum:Pechenyelar