Aleksey Kozlov (; 1999-yil 23-yanvarda tugʻilgan) – rossiyalik professional futbolchi. Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi, Toshkentning „Lokomotiv“ klubida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Moskvaning „Spartak“ klubining tarbiyalanuvchisi. 2017-yil qishida yosh darvozabon Latviyaga koʻchib oʻtgan va „Yurmala“ jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Biroq klubning asosiy tarkibida oʻynamagan. Keyingi mavsumni Litvaning birinchi ligasi ishtirokchisi „Utenis“ klub safida oʻtkazgan. 2018–19-yillarda Kozlov ikkinchi diviziondagi Omsk shahridagi „Irtish“ klubi tarkibida oʻynagan va klub tarkibida faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan.
2019-yilning yozida darvozabon Belarus Oliy ligasining „Torpedo-BelAZ“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Kozlovning elitadagi debyuti deyarli bir yildan keyin sodir boʻldi. 2020-yil 29-may kuni „Smolevichi“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) darvozani qoʻriqlagan.
2022-yil 9-fevralda rossiyalik futbolchi Belarus poytaxtidagi „Minsk“ klubiga oʻtgan. 2022-yil iyul oyida klubni tark etgan.
2022-yil iyul oyida Qozogʻistonning „Kaspiy“ klubiga oʻtgan. 2023-yilning mart oyida u Belarusning „Naftan“ jamoasiga oʻtgan.
2024-yil yanvar oyida futbolchi erkin agent sifatida Mozyrning „Slaviya“ klubi futbolchisiga aylangan.
2025-yil Qirgʻizistonning „Neftchi Qoʻchqor-Ota“ jamoasida oʻynagan.
2026-yil Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi, Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Shaxsiy hayoti Uning akasi Yevgeniy Kozlov ham professional futbolchi.
Yutuqlari FK Gomel
Belarus Superkubogi sohibi
FK Spartaks Jurmala
Latviya Oliy ligasi chempioni: 2017
Irtysh Omsk
Rossiya Ikkinchi dvizioni g'olibi: 2019
Manbalar
Havolalar
Aleksey Kozlov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Moskva viloyatilik futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari
Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Litvadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar