Nikoloz „Nika“ Kacharava (1994-yil 13-yanvarda tugʻilgan) – gruziyalik professional futbolchi, Erovnuli Ligasi Gareji klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2016—2020-yillarda Gruziya terma jamoasida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati Kacharava oʻz faoliyatini Dinamo Tbilisi klubining ikkinchi jamoasida boshlagan. Nika umidli yosh futbolchi sifatida koʻrilgan boʻlsada Tbilisi asosiy jamoasiga kirishda qiynalgan va Qozonning „Rubin“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Kacharava Rubin yoshlar jamoasida bir nechta oʻyinlarda maydonga tushgan, ammo asosiy jamoa tarkibiga kirishda qiynalgan. Kacharava oʻzining birinchi rasmiy shartnomasini Rubin Qozon bilan imzolgan, ammo asosiy jamoada oʻynash imkoniyati yoʻqligi sababli jamoani tark etgan.
Kacharava Gruziyaga qaytib, Tsxinvali FK bilan shartnoma imzolagan. Birinchi mavsumida Kacharava atigi bitta gol urdi, ammo keyingi mavsumlarda Kacharava asosiy jamoadagi oʻrnini mustahkamlagan, sermahsul toʻpurar va ligadagi eng yaxshi hujumchilardan biriga aylangan. Nika Yevropaning koʻplab jamoalarining eʼtiborini tortdi va oxir-oqibat eng muvaffaqiyatli mavsumlaridan birida Rostov klubiga oʻtgan.
U 2016–17-yilgi mavsumini Kiprda Etnikos Achnada ijarada oʻtkazgan, 16 ta gol urgan va 2016–17 Kipr Birinchi Divizionining uchinchi eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
2017-yil 18-iyunda u yana bir yillik ijara shartnomasini imzolagan va Polshaning „Korona Kielce“ klubiga qoʻshilgan.
2018-yil 6-iyunda Kacharava Kiprning „Anorthosis Famagusta“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2020-yil 24-yanvarda ikki yillik shartnomani uzaytirdi, shartnomada boshqa jamoa Kachavarani oʻz jamoasida oʻynatish uchun 500 000 yevro miqdorida sotib olish bandi koʻrsatilgan.
2022-yil 8-fevralda Kacharava Janubiy Koreyaning K Ligasi 2-klubi „Jeonnam Dragons“ga qoʻshildi. Bir yildan soʻng u Gruziyaga qaytib, „Torpedo Kutaisi“ jamoasiga oʻtgan, ammo uch oydan soʻng oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan.
2023-yil avgust oyida Kacharava Litvaning „Panevėžys“ klubi bilan uzaytirish imkoniyati bilan, mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.
2024-yil iyul oyida Kiprning ikkinchi divizionida yangidan yuqoriga koʻtarilgan „Spartakos Kitiou“ klubi Kacharava bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2025-yil fevral oyida u yoshlik faoliyatining bir qismini oʻtkazgan „Gagra“ jamoasiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati Kacharava Qibrisda gruzin millatiga mansub oilada dunyoga kelgan. Uning otasi Kaxaber Kacharava Gruziya milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, onasi Lia Mikadze esa basketbolchi boʻlgan. Kacharava Gruziya yoshlar milliy jamoalarida muvaffaqiyatli oʻynagan va katta yoshlilar milliy terma jamoasi safida Qozogʻiston bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvda (0:0) debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarTsxinvali2013–14Umaglesi Liga1000——102014–15Umaglesi Liga251265——31172015–16Umaglesi Liga15132121—1915Total41258621—5132Rostov2015–16Rossiya Premyer-ligasi0000——00Ethnikos Achna (ijara)2016–17Kipr birinchi divizioni271620——2916Korona Kielce (ijara)2017–18Ekstraklasa26732——299Anorthosis Famagusta2018–19Kipr birinchi divizioni2343210—2762019–20Kipr birinchi divizioni18630——2162020–21Kipr birinchi divizioni200000—202021–22Kipr birinchi divizioni81—50—131Total51116260—6313Lech Poznań (ijara)2020–21Ekstraklasa711060—141Jeonnam Dragons2022K liga 21020051—153Torpedo Kutaisi2023Erovnuli Liga143———143Panevėžys2023A Lyga72———722024A Lyga10011—10121Total172110010193Spartakos Kitiou2024–25Kipr ikkinchi divizioni72———72 Gagra 2025 Erovnuli Liga 10000——100Umumiy faoliyat statistikasi2106921111921025182
Xalqaro + Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarGruziya201630201761201870201910202072Jami243
Hisob va natijalar roʻyxatida Gruziyaning gollari birinchi oʻrinda koʻrsatiladi, hisob ustunida esa Kacharava urgan har bir goldan keyingi natija oʻzgarishini koʻrish mumkin.
+ Nika Kacharava tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa1 2017-yil 24-mart Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya 1–0 1–3 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi2 2020-yil 5-sentyabr A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya 1–0 1–0 2020-21-yilgi UEFA Millatlar ligasi C3 2020-yil 11-oktyabr Stadion Miejski, Tixi, Polsha 1–1 2-2 2020-21-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
Yutuqlar Panevėžys
A Liga gʻolibi: 2023-yil Litva Superkubogi gʻolibi: 2024
Manbalar
Havolalar
Rostov Profile
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qibrislik erkak futbolchilar Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FC Tsxinvali futbolchilari Turkum:FC Rostov futbolchilari Turkum:Ethnikos Achna FC futbolchilari Turkum:Korona Kielce futbolchilari Turkum:Anorthosis Famagusta FC futbolchilari Turkum:Lech Poznań futbolchilari Turkum:Jeonnam Dragons futbolchilari Turkum:FC Torpedo Kutaisi futbolchilari Turkum:FK Panevėžys futbolchilari Turkum:FC Gagra futbolchilari Turkum:FC Gareji klubi futbolchilari Turkum:Kipr birinchi dvizioni futbolchilari Turkum:Kipr ikkinchi dvizioni futbolchilari Turkum:Ekstraklasa ligasi futbolchilari Turkum:K liga 2 futbolchilari Turkum:A Lyga futbolchilari Turkum:Gruziyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Polshadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Litvadagi muhojir erkak futbolchilar