Amara Majid (1997-yil 16-iyulda tugʻilgan). – The Foreigners kitobi muallifi va amerikalik musulmonlar faoli. 2015-yilda u Bi-bi-sining 100 ayoli-2015 roʻyxatiga kiritilgan. U musulmon ayollarini kuchli qilish va ijtimoiy tajribalar orqali ochiq muloqotni ragʻbatlantirishga qaratilgan The Hijab Project tashkilotiga asos solgan.
Seventeen Magazine jurnalida chop etilgan uning Donald Trampga yozgan maktubi ommaviy axborot vositalarida eʼtibor qozondi.
Majid Towson oʻrta maktabini tamomlagan. U hozircha Brown universitetida siyosatshunoslik va Amaliy islom yoʻnalishida tahsil olmoqda va tasavvufga qiziqadi. Majid oʻz oʻqishini Kembrij universiteti magistraturasida davom ettirishni rejalashtirgan. Uning oilasi Shri-Lankadan.
Majidning surati Shri-Lanka politsiyasi tomonidan 2019-yilgi Shri-Lanka Paskha portlashlari boʻyicha olti nafar gumonlanuvchi haqida maʼlumot eʼlon qilinganda notoʻgʻri shaklda ishlatilgan.
Asarlari The Foreigners CreateSpace (2014-yil 22-iyul)
Manbalar
Turkum:1990-yillarda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik musulmon faollar Turkum:21-asr amerikalik ayol yozuvchilari Turkum:Musulmon yozuvchilar