3I/ATLAS (shuningdek, C/2025 N1 (ATLAS) va avvalroq A11pl3Z nomlari bilan ham tanilgan) — 2025-yil 1-iyulda Asteroid Terrestrial-impact Last Alert System (ATLAS) stansiyasi tomonidan kashf etilgan yulduzlararo kometa (interstellar comet) hisoblanadi. Kometa Quyosh yonidan bogʻlanmagan giperbolik traektoriya (hyperbolic trajectory) boʻylab harakatlanadiva Yerga hech qanday xavf tugʻdirmagan holda, uning yonidan 1,8 AB masofada oʻtib ketgan. „3I“ prefiksi uning 1I/ʻOumuamua va 2I/Borisovdan keyin Quyosh tizimi orqali oʻtayotgani tasdiqlangan uchinchi yulduzlararo obyekt ekanligini anglatadi.

3I/ATLAS qattiq muzli yadro (nucleus) hamda yadrodan ajralib chiquvchi gaz va muzli chang buluti — koma (coma)dan tashkil topgan faol kometadir. Quyosh kometaning faolligi uchun asosiy masʼul hisoblanadi, chunki u kometa yadrosini qizitadi va undagi muzni sublimatsiya (sublimation) natijasida gazga aylantiradi; ushbu gazlarning ajralib chiqishi (outgassing) jarayoni kometa yuzasidan changlarni koʻtarib, komaning shakllanishiga olib keladi. Xabbl kosmik teleskopi (Hubble Space Telescope) va turli sayyoralararo kosmik kemalar tomonidan olingan tasvirlar 3I/ATLAS yadrosining diametri dan kam ekanligini koʻrsatadi. Jeyms Webb kosmik teleskopi (JWST) yordamida oʻtkazilgan kuzatuvlar 3I/ATLAS kometasining karbonat angidrid (carbon dioxide)ga gʻoyat boyligini hamda unda oz miqdorda suv muzi, suv bugʻi, uglerod oksidi va karbonil sulfid mavjudligini aniqladi. Juda katta teleskop (Very Large Telescope) kuzatuvlari esa 3I/ATLAS Quyosh tizimidagi kometalarga oʻxshash konsentratsiyada tsianid (cyanide) gazi va atomar nikel bugʻlarini chiqarayotganini qayd etdi.

Kometa 2025-yil 21-oktabrda Quyosh bilan bogʻlanish (solar conjunction) holatiga keldi va 2025-yil 29-oktabrda Quyoshga eng yaqin masofadan — Yer va Mars orbitalari oraligʻidagi 1,36 masofadan (perigeliy (perihelion)) oʻtdi. Kometa Somon yoʻlining yupqa diski (thin disk) yoki qalin diskidan (thick disk) kelib chiqqan deb taxmin qilinadi; agar 3I/ATLAS qalin diskdan kelib chiqqan boʻlsa, uning yoshi kamida 7 milliard yilga teng boʻlishi mumkin — bu Quyosh tizimidan ham qadimiyroqdir.

Tarixi

Kashf etilishi left|thumb|3I/ATLAS yulduzli osmon hududida kashf etildi. ATLAS tomonidan olingan kashfiyot tasviri ichki rasmda koʻrsatilgan boʻlib, u 3I/ATLAS kashf etilgan joyning (qizil kvadrat) kattalashtirilgan koʻrinishidir. 3I/ATLAS 2025-yil 1-iyulda Chilining Rio-Urtado (Río Hurtado) hududida joylashgan, NASA tomonidan moliyalashtiriladigan ATLAS qidiruv teleskopi (rasadxona kodi W68) yordamida kashf etildi. Koʻrinma yulduz kattaligi (apparent magnitude) 18 ga teng boʻlgan ushbu yangi kashf etilgan obyekt Quyoshga nisbatan tezlikda ichki Quyosh tizimiga kirib kelayotgan edi; oʻsha vaqtda u Yerdan va Quyoshdan masofada joylashgan boʻlib, osmonda Ilon dumi (Serpens Cauda) va Oʻqchi (Sagittarius) yulduz turkumlari chegarasi boʻylab, galaktika tekisligi (galactic plane) yaqinida harakatlanayotgan edi. Unga „A11pl3Z“ vaqtinchalik belgisi berildi va kashfiyot kuzatuvlari Xalqaro astronomiya ittifoqining Kichik sayyoralar markaziga (Minor Planet Center – MPC) taqdim etildi. Ushbu kuzatuvlar dastlab obyektning Yer orbitasiga yaqinlashishi mumkin boʻlgan yuqori ekssentrisitetli (eccentric) yoʻnalishda ekanligini koʻrsatdi, bu esa MPCni orbita tasdiqlanguniga qadar obyektni vaqtincha Yerga yaqin obyektlarni tasdiqlash sahifasiga (Near-Earth Object Confirmation Page) kiritishiga sabab bo'ldi.

Ham professional, ham havaskor astronomlar (amateur astronomers) ishtirokidagi boshqa rasadxonalarning keyingi kuzatuvlari obyekt traektoriyasining Yerga yaqinlashmasligini, aksincha, u giperbolik traektoriyaga (hyperbolic trajectory) ega yulduzlararo obyekt boʻlishi mumkinligini koʻrsata boshladi. 3I/ATLAS kometasining kashf etilishidan oldingi kuzatuvlari (precovery) uning yulduzlararo traektoriyasini tasdiqladi; bularga hisobot berilganidan soʻng bir necha soat ichida topilgan Zwicky Transient Facility (ZTF, rasadxona kodi I41)ning 2025-yil 28–29-iyundagi kuzatuvlari, ZTF’ning 14–21-iyundagi kuzatuvlari va ATLAS’ning 25–29-iyundagi kuzatuvlari kiradi. Havaskor astronom Sem Din (Sam Deen) ATLAS’ning 2025-yil 5-iyundan 25-iyungacha boʻlgan qoʻshimcha prekoveri kuzatuvlarini qayd etdi va 3I/ATLAS kometasi Galaktika markazining (Galactic Center) zich yulduz maydonlari oldidan oʻtayotgani sababli kometani ajratib olish qiyin boʻlgani uchun u avvalroq kashf etilmagan boʻlishi mumkinligini taxmin qildi.

3I/ATLAS kometasining dastlabki kuzatuvlari uning asteroid yoki kometa ekanligini aniq koʻrsatib bermadi. Turli astronomlar, jumladan, Alan Xeyl (Alan Hale) hech qanday kometa xususiyatlari kuzatilmaganini maʼlum qildilar, biroq 2025-yil 2-iyulda Chilidagi Deep Random Survey (X09), Arizonadagi Lowell Discovery Telescope (G37) va Mauna Keadagi Canada–France–Hawaii Telescope (T14) tomonidan olib borilgan kuzatuvlar kichik komani hamda burchak uzunligi (angular length) 3 yoy soniyasiga teng boʻlgan dumsimon choʻzilishni koʻrsatdi, bu esa obyektning kometa ekanligidan dalolat berardi. 2025-yil 2-iyulda MPC 3I/ATLAS kashf etilganini eʼlon qildi va unga tasdiqlangan uchinchi yulduzlararo obyekt ekanligini bildiruvchi „3I“ yulduzlararo obyekt belgisini (interstellar object designation) berdi. MPC shuningdek, 3I/ATLAS kometasiga C/2025 N1 (ATLAS) davriy boʻlmagan kometa (non-periodic comet) belgisini ham berdi. 3I/ATLAS rasmiy nomini olgan vaqtga kelib, MPC 31 ta turli rasadxonadan kometaning 122 ta kuzatuv maʼlumotlarini toʻplagan edi.

Keyingi kuzatuvlar thumb|2025-yilning mayidan avgustigacha boʻlgan davrda 3I/ATLAS kometasining koʻrinma yulduz kattaligida (apparent magnitude) ifodalangan yorqinligini koʻrsatuvchi yorugʻlik egri chizigʻi (light curve) grafigi. Ushbu vaqt oraligʻida kometa Quyoshga yaqinlashib kelayotgani sababli uning yorqinligi oshib borgan. Kulrang bilan belgilangan hudud 3I/ATLAS kometasi Tranzit ekzosayyoralarini tadqiq qilish sunʼiy yoʻldoshi (TESS) tomonidan kuzatilgan davrni anglatadi. thumb|3I/ATLAS kometasining 2025-yil 6-avgustda Jeyms Webb kosmik teleskopining NIRSpec asbobi yordamida olingan tasviri kengaygan komani koʻrsatmoqda (chapda). Oʻng tarafdagi ikkita panelda komadagi gaz molekulalarining aylanishi va tebranishidan kelib chiquvchi infraqizil nurlanish (infrared light emission) natijasida 3I/ATLAS kometasining koma yorqinligi yorugʻlikning toʻlqin uzunligiga (wavelength) qarab qanday oʻzgarishi koʻrsatilgan. Oʻrta tasvirda karbonat angidrid emissiyasi, oʻng tarafdagida esa 3I/ATLAS kometasidagi suv bugʻi (water vapor) emissiyasi tasvirlangan. Devid K. Jyuitt (David C. Jewitt) va Jeyn Lu (Jane Luu) 2025-yil 2-iyulda Shimoliy optik teleskopi (Nordic Optical Telescope) yordamida oʻtkazgan kuzatuvlar 3I/ATLAS kometasining diffuz koʻrinishga (diffuse appearance) ega ekanligini va „aniq faolligini“ tasdiqladi. Migel R. Alarkon (Miguel R. Alarcón) va IAC (Kanar orollari astrofizika instituti) tadqiqotchilari jamoasi ham xuddi shu sanada Teyde rasadxonasi (Teide Observatory)ning ikki metrlik egizak teleskopi yordamida kometada faollik mavjudligini aniqladilar. Bir qancha teleskoplar kometaning komasi chang borligidan dalolat beruvchi qizgʻish rangga ega ekanligini koʻrsatdi, bu avvalgi 2I/Borisov yulduzlararo kometasiga oʻxshashdir. Toni Santana-Ros va uning hamkasblari tomonidan 2025-yil avgust oyida eʼlon qilingan tadqiqotda 3I/ATLAS kometasining komasi iyul oyi davomida yanada qizargani qayd etildi; bu kometaning ortib borayotgan faolligi natijasida uning yuzasi yoki komasining tarkibi oʻzgarib borayotganini bildiradi.

6-iyul kuni qoʻshimcha kuzatuvlar eʼlon qilindi, bular qatorida Zwicky Transient Facility (I41) tomonidan 2025-yilning 22-mayidan 21-iyunigacha boʻlgan bir necha kecha davomida olingan kashfiyotdan oldingi tasvirlar (precoveries) mavjud edi. Veytsman astrofizika rasadxonasi (Weizmann Astrophysical Observatory, M01) tomonidan 2025-yil 21-mayda olingan yanada oldinroq kashf etilgan prekoveri tasviri 2025-yil 18-iyulda eʼlon qilindi.

Juda katta teleskop (Very Large Telescope), Shimoliy optik teleskopi va Rojen rasadxonasi (Rozhen Observatory) tomonidan 2025-yilning iyul va avgust oylarida oʻtkazilgan polyarimetrik (polarimetric) kuzatuvlar 3I/ATLAS kometasining komasi kichik faza burchaklarida (phase angles) gʻayritabiiy yuqori darajadagi manfiy polyarizatsiyani (polarization) namoyon etishini koʻrsatdi. 3I/ATLAS kometasining manfiy polyarizatsiyasi transneptun obyektlarida (trans-Neptunian objects) kuzatilgan holatga oʻxshash boʻlib, uning komasi muzli va qorongʻu materiallar aralashmasidan iborat ekanligidan dalolat beradi.

Yaqinda ishga tushirilgan Vera K. Rubin rasadxonasi (Vera C. Rubin Observatory) 2025-yil 21-iyundan 3-iyulgacha boʻlgan ilmiy tekshiruv kuzatuvlari davomida tasodifan 3I/ATLAS kometasini tasvirga oldi. Ushbu kuzatuvlar kometaning koma diametri biroz kengayganini koʻrsatdi va kometaning yadro diametri boʻyicha cheklovlarni aniqlashga yordam berdi. Agar Vera Rubin rasadxonasi oʻzining ilmiy tekshiruv ishlarini ikki hafta oldin boshlaganida, 3I/ATLAS kometasini ATLAS qidiruv tizimidan oldinroq kashf qilgan boʻlar edi. NASAning Tranzit ekzosayyoralarini tadqiq qilish sunʼiy yoʻldoshi (TESS) ham 3I/ATLAS kometasini u kashf qilinishidan avval, yaʼni 2025-yil 7-maydan 3-iyungacha kuzatgan edi. Ushbu kuzatuvlar 2025-yil may oyida, kometa Quyoshdan taxminan 6,4 AB masofada boʻlganida ham ancha yorqin va faol ekanligini koʻrsatdi; bu esa kometadagi faollik nafaqat suv, balki boshqa uchuvchan muzlarning (volatile ices) sublimatsiyasi natijasida yuzaga kelayotganini anglatadi.

3I/ATLAS kometasining komasida suv muzi mavjudligi haqidagi birinchi xabar 2025-yil 20-iyulda eʼlon qilindi, bu Janubiy Gemini va NASA infraqizil teleskopi qurilmasi (NASA Infrared Telescope Facility) tomonidan 5 va 14-iyul kunlari oʻtkazilgan yaqin infraqizil spektroskopik kuzatuvlariga asoslangan edi. Swift rasadxonasi (Swift Observatory) tomonidan oʻtkazilgan ultrobinafsha kuzatuvlar 2025-yil 30-iyul va 1-avgust kunlari 3I/ATLAS kometasining komasida suv bugʻi va gidroksid ionlari borligini koʻrsatdi. 2025-yil 21-avgustda NASAning SPHEREx missiyasi va Kaliforniya texnologiya instituti astronomlari avgust oyi oʻrtalaridagi SPHEREx kuzatuvlarida suv muzi va yorqin karbonat angidrid gazi emissiyasi aniqlanganini maʼlum qildilar. 2025-yil 22-avgustda Louell rasadxonasi astronomlari 3I/ATLAS kometasida birinchi marta taxminiy tsianid (cyanide) emissiyasini qayd etdilar. 2025-yil 21-avgustda Juda katta teleskop orqali oʻtkazilgan spektroskopik kuzatuvlar tsianid mavjudligini tasdiqladi va 3I/ATLAS kometasining komasida nikelni ham aniqladi.

Xabbl kosmik teleskopi 2025-yil 21-iyulda 3I/ATLAS kometasining birinchi tasvirlarini oldi; bu tasvirlar komani yuqori aniqlikda koʻrsatdi va yadro diametri dan kichik ekanligini aniqladi. Xabbl tasvirlari 2025-yil 7-avgustda NASA va Yevropa koinot agentligi tomonidan keng omma eʼtiboriga havola etildi. 2025-yil 6-avgustda Jeyms Webb kosmik teleskopi NIRSpec asbobi yordamida 3I/ATLAS kometasi ustida oʻzining birinchi kuzatuvlarini amalga oshirdi, va natijalar 2025-yil 25-avgustda NASA tomonidan eʼlon qilindi. 2025-yil noyabr oyida Xabbl kometadagi gaz emissiyalarining tarkibini va oltingugurt-kislorod nisbatini (sulfur-to-oxygen ratio) aniqlash maqsadida ultrobinafsha spektroskopiyasini oʻtkazdi; teleskop kometani Quyosh tizimidan chiqib ketish yoʻlida kuzatishda davom etadi. Jeyms Webb teleskopi 3I/ATLAS kometasi boʻyicha navbatdagi kuzatuvlarni perigeliydan soʻng, 2025-yil dekabr oyida oʻtkazishi rejalashtirilgan.