Al-Aziz Muhammad ibn Gʻoziy (-yilda tugʻilgan – 1236-yil 26-noyabrda vafot etgan) – kelib chiqishi kurdlardan boʻlgan Ayyubiylar sulolasiga mansub Halab amiri, az-Zohir Gʻoziyning oʻgʻli va Salohiddinning nabirasi. Onasi Salohiddinning akasi al-Odilning qizi Dayfa Xotun boʻlgan.
Otasi az-Zohir Goʻziy 1216-yilda 45 yoshida vafot etganida al-Aziz atigi 3 yoshda edi. Otasining oʻlimidan soʻng darhol Halab hukmdori lavozimini meros qilib olgan. Regentlar kengashi tuzilib, Shihobiddin Togʻrul uning otabegi yoki vasiyi etib tayinlangan. Toʻgʻrul az-Zohir Gʻoziyning mamlugi boʻlib, keyingi 15 yil davomida Halabning amaldagi hukmdori boʻlganTabbaa, Yasser, Constructions of Power and Piety in Medieval Aleppo, Pennsylvania State University Press, 1997, , p.29.
Hukmronligi Al-Aziz hokimiyatni amalda faqat 17 yoshida qoʻlga olgan. Shundan soʻng Toʻgʻrulni oʻzining xazinadori lavozimida saqlab qolgan. Umuman olganda, Ayyubiylar sulolasining turli aʼzolari oʻrtasidagi murakkab nizolarga aralashishdan tiyilgan va buning oʻrniga Halabning mudofaa tizimi hamda infratuzilmasini mustahkamlashga eʼtibor qaratganTabbaa, Yasser, Constructions of Power and Piety in Medieval Aleppo, Pennsylvania State University Press, 1997, , p.29. Az-Zohir Gʻoziy boshlagan va al-Aziz Muhammad yakunlagan qurilish ishlari qatoriga qal’ani qayta mustahkamlash hamda uning ichida saroy, masjid, qurol ombori va suv sisternalarini barpo etish kiradiTabbaa, Yasser, Constructions of Power and Piety in Medieval Aleppo, Pennsylvania State University Press, 1997, , p.60. Al-Azizning al-Komilning qizi Fotima Xotunga uylangani maʼlum boʻlib, u ham qurilishga qiziqqan va Halabda 2 ta madrasa qurdirishni buyur buyurganTabbaa, Yasser, Constructions of Power and Piety in Medieval Aleppo, Pennsylvania State University Press, 1997, , p.136.
1232-yilda al-Aziz balogʻat yoshiga yetganida orada koʻp oʻtmay, Misr sultoni al-Komil Ayyubiylar ittifoqining turli hududlaridan qoʻshinlarni jamlab, Diyor Bakrga hujum qilish uchun katta harbiy kuch toʻplagan. Halab bu yurishda ishtirok etmagan va birorta ham askar yubormagan yagona amirlik boʻlganHumphreys, R. S. From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260, SUNY Press 1977 p.222. Biroq 1234-yilda al-Aziz al-Komil boshchiligidagi boshqa bir qoʻshinga oʻz boʻlinmalarini yuborgan. Bu qoʻshin Onadoʻliga bostirib kirish uchun yoʻlga chiqqan va ehtimol Malatya tomon yoʻnalgan. Al-Azizning oʻzi bu yurishda ishtirok etmagan va bu harakatlar sulton Alouddin Qayqubod boshchiligidagi saljuqiylar kuchlari tomonidan qaytarilganHumphreys, R. S. From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260, SUNY Press 1977 p.224-5.
Vafoti Al-Aziz 1236-yil 26-noyabrda 23 yoshida vafot etganSetton, K. M., Volff R. L. & Hazard H. W., A History of the Crusades, vol 2: The Later Crusades, 1189-1311, University of Wisconsin Press, 1969 p.704. Toʻngʻich oʻgʻli an-Nosir Yusuf atigi 7 yoshda boʻlgani sababli al-Azizning onasi Dayfa Xotun regentlikni oʻz zimmasiga olganHumphreys, R. S. From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260, SUNY Press 1977 p.229. Al-Azizning qizi Gʻoziya Xotun esa Rum saljuqiy sultoni Kayxusravga turmushga chiqqanHumphreys, R. S. From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260, SUNY Press 1977 p.389.
Manbalar
Turkum:1236-yilda vafot etganlar Turkum:13-asr kurdlari Turkum:13-asr Ayyubiy hukmdorlari Turkum:Halabning Ayyubiy amirlari Turkum:Oʻrta asarlar yosh monarxlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar