Joseph E. B. Lumbard (1969-yilda tugʻilgan) amerikalik musulmon islomshunoslik olimi, Qatardagi Hamad bin Xalifa universiteti qoshidagi Islomshunoslik kolleji huzurida qurʼonshunoslik boʻyicha dotsent hisoblanadi. U islom falsafasi, tasavvuf va qurʼonshunoslik boʻyicha bir necha ilmiy kitoblar hamda koʻplab maqolalarning muallifi, muharriri va tarjimonidir.
Hayoti
Vashington (Kolumbiya okrugi)da tugʻilib oʻsgan Lumbard Episkopal cherkovida ulgʻaygan va u yerda qurbongoh xizmatchisi boʻlib xizmat qilgan. Oʻsmirlik yillarida diniy qiziqishi susaygan va u birinchi kursni tamomlagan talaba boʻlgan paytda George Washington universitetida oʻqib yurganida ilk bor Islom bilan tanishgan. Bir yarim yildan soʻng u islomni qabul qilganRevitalizing the Heart of Islam: An Interview with Joseph Lumbard.
U Yale universitetidan islomshunoslik boʻyicha falsafa doktori (Ph.D.) va M.Phil. darajalarini, dinshunoslik boʻyicha magistr (M. A.) va bakalavr (B. A.) darajalarini esa George Washington universitetidan olganBrandeis University Faculty Guide. Gʻarb universitetlaridagi taʼlimini toʻldirish maqsadida u anʼanaviy ulamolar bilan birga Qurʼon, hadis, tasavvuf va islom falsafasini Marokash, Misr, Yaman va Eronda oʻrganganJoseph E. B. Lumbard: Life and Work . Lumbard oʻzining oʻqituvchilik faoliyatini islomshunoslik boʻyicha doktorlik darajasini olgach, 2002–2005-yillarda Qohiradagi Amerika universitetida boshlagan. Iordaniya qiroli Abdulloh IIning dinlararo muloqot masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlib xizmat qilganidan soʻng, u Brandeis universitetidagi islom va Yaqin Sharqshunoslik dasturi direktori boʻlgan. Shuningdek, u Sharja Amerika universitetida arab tili va tarjimashunoslik boʻyicha dotsent boʻlib ham ishlagan.
Lumbard dunyoning turli ilmiy doiralarida maʼruzalar oʻqigan, dinlararo muloqotlarda qatnashgan va bir necha radio hamda telekoʻrsatuvlarda ishtirok etgan. U, shuningdek, Islom tadqiqotlari institutining asoschisi va ilk direktori hisoblanadi.
Asarlar roʻyxati Ahmad al-Gʻazoliy, Zikr va muhabbat metafizikasi (SUNY Press, 2016)Reviews of Aḥmad al-Ghazālī, Remembrance and the Metaphysics of Love:
. Qurʼonni oʻrganish, (tarjimon, sharh muallifi va bosh muharrir) (HarperOne, 2015-yil kuz)Reviews of The Study Quran: A New Translation and Commentary:
Bauer, Karen (2017). The American Journal of Islamic Social Sciences. 34 (4): 70–74. Alexandrin, Lisa (2016). Journal of the Muhyiddin Ibn ‘Arabi Society. 49: 104–108. Ford, Peter (2016). Theological Review. 37 (1–2): 140–142. Görke, Andreas (2018). Speculum. 93 (1): 250–251.
Medoff, Louis (2016). Journal of Shi‘a Islamic Studies. 9 (3): 367–371. Metzler, Berenike (2018). „The Study Quran: A New Translation with Notes and Commentary“. Zeitschrift der Deutschen Morgenländischen Gesellschaft. 168 (2): 500–502. Samsel, Peter (2016). „The Study Quran: A New Translation with Notes and Commentary“. Sacred Web. 37: 77–104. de Souza, Felipe Freitas (2016). „The Study Quran: A New Translation with Notes and Commentary“. Revista Espaço Acadêmico. 187: 171–173.
. „Anʼana va zamonaviylik haqida Sayyid Husayn Nasr“ – Anʼana va zamonaviylik kitobida, tuzuvchi: Devid Marshall (Jorjtaun universiteti nashriyoti, 2014) „Soʻzning qaysi qismi umumiy?“ – Musulmon va xristian tushunishi: „Umumiy Kalima“ nazariyasi va amaliyoti toʻplamida, tuzuvchilar: Valid al-Ansariy va Devid K. Linnan (Praeger, 2012) Hubbdan 'Ishqqa: ilk tasavvufda muhabbatning rivojlanishi, (Oxford Journal of Islamic Studies, 2008) Taslima, iymon va goʻzallik: Islom dini, (Heyvord, 2007, Zaytuna instituti, 2008) Allohning paygʻambar va elchilari, „Islom ovozlari“ turkumi, (Praeger Pub Text, 2007) Islom, fundamentalizm va anʼanaga xiyonat, (World Wisdom, 2004) „Sufiy psixologiyasida zikrullohning oʻrni“ – Ilm – nurdir: islomshunoslik boʻyicha maqolalar toʻplamida, tuzuvchi: Zaylan Morris (Kazi Publications, 2003)
Yana qarang Iordaniya qiroli Abdulloh II Tasavvuf Sayyid Husayn Nasr Muhammad Rustam Maria Massi Dakake
Manbalar
Havolalar Academia.edu dagi profili
Turkum:Brandeis universiteti oʻqituvchilari Turkum:Amerikalik muharrirlar Turkum:Amerikalik sobiq protestantlar Turkum:Ilgari protestant boʻlgan musulmonlar Turkum:Soʻfiy olimlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yale universiteti bitiruvchilari Turkum:Islom boʻyicha amerikalik sunniy olimlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Qurʼonni ingliz tiliga tarjima qilganlar Turkum:Islomshunoslik boʻyicha ulamolar Turkum:Qurʼonshunoslik boʻyicha akademiklar