Qirgʻiz Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi (qirgʻizcha: Кыргызстан улуттук олимпиада комитети) – xalqaro olimpiya harakatida Qirgʻiziston tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi. Qoʻmita 1991-yilda tashkil etilgan va 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtganНациональные Олимпийские Комитеты. . Qarorgohi Bishkek shahrida joylashgan. Qoʻmita Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi hamda Osiyo Olimpiya kengashi aʼzosi hisoblanadiKyrgyzstan. Olympic Council of Asia: National Olympic Committees. .
Tarixi Qirgʻiz Respublikasi olimpiya harakati tarixi 1960-yilda boshlangan. Aynan shu yili Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasidan chiqqan sportchi Saybattal Mursalimov Sovet Ittifoqi terma jamoasi aʼzosi sifatida 1960-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ilk bor ishtirok etgan. 1960–1990-yillar oraligʻida Qirgʻiziston SSRda olimpiya harakati rivojlanib, mamlakat hayotida muhim oʻrin egalladi. 1980-yilda oʻtkazilgan XXII Olimpiya oʻyinlarida qirgʻizistonlik sportchilar jami 6 ta medalni, jumladan 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
1991-yilda Taʼsis umumiy yigʻilishi qaroriga binoan Qirgʻiz Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi tashkil etildi va ushbu sana qoʻmitaning rasmiy tashkil topgan kuni hisoblanadi. 1993-yil sentyabr oyida Qirgʻiziston Milliy olimpiya qoʻmitasi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan rasman tan olingan. Qoʻmita Olimpiya xartiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi milliy qonunchilik hamda oʻz nizomiga muvofiq faoliyat yuritadi.
Qirgʻiziston mustaqil davlat sifatida ilk bor 1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi va shundan buyon barcha Olimpiya oʻyinlarida qatnashib kelmoqda. 1992-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qirgʻiz sportchilari birlashgan jamoa tarkibida qatnashgan, undan avval esa 1952-yildan boshlab Sovet Ittifoqi bayrogʻi ostida musobaqalarda ishtirok etishgan. 1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida milliy terma jamoa nomidan faqat bitta sportchi – biatlonchi Yevgeniya Roppel qatnashgan. U sprint bahsida 66-oʻrinni, individual poygada esa 67-oʻrinni egallagan. U ilk musobaqa paytida 17 yosh 300 kunlik edi. Terma jamoa ochilish marosimida qatnashmaganligi sababli, mamlakat bayrogʻini tarjimon Torkel Engenes koʻtargan.
Qirgʻiziston Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mustaqil davlat sifatida ilk bor 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Bungacha qirgʻiz sportchilari 1992-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida birlashgan jamoa tarkibida qatnashgan.
Qirgʻiziston Respublikasi MOQ prezidentlari +№PrezidentFaoliyatining boshlanishiFaoliyatining tugashi1Eshim Kutmanaliyev199320042Bayaman Erkimbayev200520063Murat Saralinov200620154Sharshenbek Abdikerimov201520215Sadir Mamitov2021hozir
Yana qarang Qirgʻiziston Olimpiya oʻyinlarida
Manbalar
Havolalar National Olympic Committee of the Republic of Kyrgyzstan
Turkum:Milliy olimpiya qoʻmitalari