2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi 2026-yil 17-fevralda qoʻshimcha pley-off o‘yinlari bilan boshlanadi va 2026-yil 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapeshtdagi Puskás Aréna stadionida bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvi bilan yakunlanadi va shu bosqichda 2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi chempioni aniqlanadi. Unda jami 24 ta jamoa ishtirok etadi: ulardan 16 tasi qoʻshimcha pley-off bosqichidan, 8 ta jamoa esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final bosqichidan oʻz ishtirokini boshlaydi.

O‘yinlar vaqti CET/CEST bo‘yicha ko‘rsatiladi; agar mahalliy vaqt farq qilsa, u qavs ichida beriladi.

Saralangan jamoalar Pley-off bosqichida liga bosqichidan saralangan eng yaxshi 24 ta jamoa ishtirok etadi. Ulardan eng yuqori o‘rinni egallagan 8 ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final bosqichiga yo‘llanma olgan, 9–24-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa qoʻshimcha pley-off bosqichida qatnashadi.

+ Nimchorak finaldan qoʻshiluvchijamoalar (saralangan) Jamoa 1 Arsenal 2 Bayern Munich 3 Liverpool 4 Tottenham Hotspur 5 Barcelona 6 Chelsea 7 Sporting CP 8 Manchester City </div> + Qoʻshimcha pley-off bosqichidagijamoalar (saralangan) Jamoa 9 Real Madrid 10 Inter Milan 11 Paris Saint-Germain 12 Newcastle United 13 Juventus 14 Atlético Madrid 15 Atalanta 16 Bayer Leverkusen + Qoʻshimcha pley-off bosqichidagijamoalar (saralanmagan) Jamoa 17 Borussia Dortmund 18 Olympiacos 19 Club Brugge 20 Galatasaray 21 Monaco 22 Qarabağ 23 Bodø/Glimt 24 Benfica

Format Barcha juftliklar pley-offning finaldan tashqari har bir bosqichida ikkitadan (bittasini o‘z maydonida) oʻyin o‘tkazadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisobda ko‘proq gol urgan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Agar ikki uchrashuv yakunida umumiy hisob teng bo‘lsa, 30 daqiqalik qo‘shimcha taymlar boshlanadi (mehmonda urilgan gollar qoidasi qo‘llanilmaydi). Agar qo‘shimcha taymlardan so‘ng ham hisob tengligicha qolsa, g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi. Final uchrashuvi esa bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. Agar asosiy vaqt yakunida hisob teng bo‘lsa, qo‘shimcha taymlar o‘ynaladi, zarurat tug‘ilganda esa g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi.

Qurʼa jarayoni

Pley-off bosqichida bir xil milliy assotsiatsiyaga mansub jamoalar istalgan bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin. Shuningdek, jamoalar liga bosqichida toʻqnashgan raqiblari bilan ushbu bosqichida yana bahs olib borishi ehtimoli mavjud.

Har bir bosqich uchun qur’a tashlash mexanizmi quyidagicha amalga oshiriladi:

Qoʻshimcha pley-off bosqichi qur’asi vaqtida liga bosqichini 9–16-o‘rinlarda yakunlagan sakkizta jamoa saralangan (seeded), 17–24-o‘rinlarni egallagan sakkizta jamoa esa saralanmagan (unseeded) hisoblanadi. Qur’a tashlash oldindan belgilangan turnir to‘riga muvofiq to‘rtta bo‘limga ajratiladi va har bir bo‘limda saralangan jamoa o‘zining ikki mumkin bo‘lgan saralanmagan raqibidan biri bilan juftlashtiriladi. Saralangan jamoalar ikkinchi uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi. Liga bosqichini 1–8-o‘rinlarda yakunlagan sakkizta jamoa saralangan (seeded), qoʻshimcha pley-off bosqichi g‘oliblari bo‘lgan sakkizta jamoa esa saralanmagan (unseeded) hisoblanadi. Qur’a oldindan belgilangan turnir to‘ri asosida to‘rtta bo‘limga ajratiladi, har bir bo‘limda saralangan jamoa o‘zining ikki ehtimoliy saralanmagan raqibidan biri bilan juftlashtiriladi. Saralangan jamoalar ikkinchi o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazadi.

Chorak final va yarim final juftliklari hamda o‘yinlarning ketma-ketligi oldindan belgilangan turnir to‘riga asoslanadi. Har bir bosqichda yuqori saralangan (seeded) jamoa, agar keyingi bosqichga chiqa olsa, ikkinchi uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi. Agar saralangan jamoa mag‘lub bo‘lsa, uni mag‘lub qilgan jamoa uning saralangan o‘rnini egallaydi. 1-yarimfinal g‘olibi esa finalda rasmiy tarzda “uy” jamoasi sifatida belgilanadi (biroq final neytral maydonda o‘tkaziladi).

Pley-off bosqichida logistika va xavfsizlik masalalari sababli, bir shahar yoki yaqin shaharlardan boʻlgan jamoalar bir kunda yoki ketma-ket kunlarda uy uchrashuvini o‘tkazmaydi. Bunday muammolarning oldini olish maqsadida quyidagi o‘zgartirishlar qo‘llanadi: qoʻshimcha pley-off va 1/8 final bosqichida, agar ikkala jamoa ham bir xil uchrashuvni uyda o‘tkazishi kerak bo‘lsa, liga bosqichidagi pastroq o‘rinli jamoaning uy o‘yini odatiy vaqtdan oldinroq, boshqa kunga yoki alternativ maydonda o‘tkaziladi, shunda boshqa musobaqalar bilan muammolar yuz bermaydi. Chorak final va yarimfinal bosqichlarida, agar juftlikda ustuvorlik darajasi past bo‘lgan jamoa bor bo‘lsa, juftlikdagi o‘yinlar ketma-ketligi asl qur’a natijasiga qarshi tarzda o‘zgartiriladi.

Oldindan belgilangan juftliklar Pley-off bosqichi toʻrining tuzilishi qisman oldindan belgilangan bo‘lib, bunda “seeding” (saralash) usuli qo‘llanilgan va toʻr ikki tomonlama simmetrik tartibda tashkil etilgan. Jamoalarning toʻrdagi o‘rinlari liga bosqichidagi yakuniy natijalarga qarab aniqlanadi, shunda yuqori reytingga ega jamoalar erta bosqichlarda pastroq reytingdagi jamoalarga qarshi o‘ynaydi. Shu sababli, masalan, liga bosqichidagi yuqori ikki jamoa faqat final bosqichida uchrashishi mumkin.

Toʻrning har bir tomoni quyidagicha tuzilgan bo‘lib, qoʻshimcha pley-off va 1/8 final juftliklari qur’a orqali aniqlanadi:

Qoʻshimcha pley-off bosqichi Juftlik I: 9/10 vs 23/24 Juftlik II: 11/12 vs 21/22 Juftlik III: 13/14 vs 19/20 Juftlik IV: 15/16 vs 17/18 Nimchorak final Juftlik A: 1/2 vs IV gʻolibi Juftlik B: 3/4 vs III gʻolibi Juftlik C: 5/6 vs II gʻolibi Juftlik D: 7/8 vs I gʻolibi Chorak final Juftlik 1: A gʻolibi vs D gʻolibi Juftlik 2: B gʻolibi vs C gʻolibi Yarimfinal: 1 gʻolibi vs 2 gʻolibi

Taqvim Taqvim quyidagicha belgilangan (barcha qur’alar Shveysariyaning Nyon shahridagi UEFA bosh qarorgohida o‘tkaziladi).

BosqichQurʼa sanasiBirinchi oʻyinIkkinchi oʻyinQoʻshimcha pley-off bosqichi2026-yil 30-yanvar2026-yil 17–18-fevral2026-yil 24–25-fevralNimchorak final2026-yil 27-fevral2026-yil 10–11-mart2026-yil 17–18-martChorak finalrowspan="3" 2026-yil 7–8-aprel2026-yil 14–15-aprelYarimfinal2026-yil 28–29-aprel2026-yil 5–6-mayFinal2026-yil 30-may, Puskás Aréna, Budapesht

Toʻr

Qoʻshimcha pley-off bosqichi

Qoʻshimcha pley-off bosqichi uchun qur’a 2026-yil 30-yanvarda, soat (CET boʻyicha) 12:00 da o‘tkazildi .

Saralash Qoʻshimcha pley-off bosqichi qur’asi oldindan belgilangan juftliklarga asoslanib, to‘rtta saralangan va to‘rtta saralanmagan savatlar bilan o‘tkazildi. Jamoalarning savatlardagi o‘rinlari liga bosqichi yakuniy natijalariga qarab aniqlanadi: 9‑dan 16‑gacha bo‘lgan o‘rinlarni egallagan jamoalar saralangan hisoblanib, ikkinchi o‘yinni uyida o‘ynash huquqiga ega bo‘ladi, 17‑dan 24‑gacha bo‘lgan jamoalar esa saralanmagan bo‘lib, qur’a orqali juftliklarga taqsimlanadi. Qur’a jarayoni avval saralanmagan jamoalardan boshlanadi va ularni barcha juftliklarga joylashtirish bilan amalga oshiriladi; jarayon tugagach, saralangan jamoalar ularning raqiblari sifatida tortiladi. Shu tartib yuqori reytingdagi jamoalarni erta bosqichda bir-biriga duch kelishidan himoya qilish va ikkinchi o‘yinni uyida o‘ynash imkoniyatini ta’minlashga xizmat qiladi.

9/10 vs 23/2411/12 vs 21/22SaralanganSaralanmaganSaralanganSaralanmagan 13/14 vs 19/2015/16 vs 17/18SaralanganSaralanmaganSaralanganSaralanmagan

Umumiy maʼlumotlar

Birinchi oʻyinlar 2026-yil 17—18-fevral kunlari, ikkinchi oʻyinlar esa 24—25-fevral kunlari oʻtkazildi.

Oʻyinlar

Paris Saint-Germain umumiy 5:4 hisobida gʻalaba qozondi.

Galatasaray umumiy 7:5 hisobida gʻalaba qozondi.

Real Madrid umumiy 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Atalanta umumiy 4:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Newcastle United umumiy 9:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Atlético Madrid umumiy 7:4 hisobida gʻalaba qozondi.

Bodø/Glimt umumiy 5:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Bayer Leverkusen umumiy 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Nimchorak final Nimchorak final uchun qur’a 2026-yil 27-fevralda, soat (CET boʻyicha) 12:00 da oʻtkazildi.

Saralash 1/2 vs 15/16/17/18 3/4 vs 13/14/19/20 Saralangan Avvaldan belgilangan Saralangan Avvaldan belgilangan 5/6 vs 11/12/21/22 7/8 vs 9/10/23/24 Saralangan Avvaldan belgilangan Saralangan Avvaldan belgilangan

Umumiy maʼlumotlar

Birinchi oʻyinlar 2026-yil 10—11-mart, ikkinchi oʻyinlar esa 17—18-mart kunlari oʻtkazildi.

Oʻyinlar

Paris Saint-Germain umumiy 8:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Liverpool umumiy 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Real Madrid umumiy 5:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Bayern Munich umumiy 10:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Barcelona umumiy 8:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Atlético Madrid umumiy 7:5 hisobida gʻalaba qozondi.

Sporting CP umumiy 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Arsenal umumiy 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Chorak final

Birinchi oʻyinlar 2026-yil 7—8-aprel, ikkinchi oʻyinlar esa 14—15-aprel kunlari oʻtkaziladi.

Izohlar

Manbalar

Havolalar

*3 UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichlari