Anna Andexer (2003-yil 26-yanvarda tugʻilgan) – avstriyalik biatlonchi. 2020-yilgi Yoshlar Olimpiadasida sprint bahsida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Faoliyati Andexer ilk xalqaro musobaqalarida 2020-yilda Shveysariyada boʻlib oʻtgan biatlon boʻyicha yoshlar oʻrtasidagigi jahon chempionatida ishtirok etgan. U yerda faqat estafeta bahsida qatnashib, Kristina Oberthaler, Lisa Osl va Lara Wagner bilan birga sakkizinchi oʻrinni egallagan. Shundan keyin yoshlar va oʻsmirlar toifalarida musobaqalarda muntazam qatnasha boshladi. Andexer oʻzining ilk gʻalabasini 2022-yil dekabr oyida Martell shahrida oʻtkazilgan IBU Yoshlar kubogida qoʻlga kiritadi. Keyingi mavsumda Ridnaun shahridagi IBU Yoshlar kubogida ketma-ket uchta musobaqada gʻalaba qozonib, IBU Kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan. Bu musobaqalarda ham Martello shahrida oʻtkazilgan IBU Kubogi quvlash poygasida ikkinchi oʻrinni egallab, ilk bor podiumga koʻtariladi. 2024-yilgi Yevropa yoshlar oʻrtasidagigi biatlon chempionatida u individual va ommaviy start bahslarida gʻalaba qozonib, sprint musobaqasida jamoadoshi Lara Vagner hamda finlandiyalik Sonja Leinamo ortidan uchinchi boʻldi. Oradan koʻp oʻtmay, 2024-yilgi yoshlar oʻrtasidagigi biatlon boʻyicha jahon chempionatida faqat aralash estafeta bahsida medal yutgan. Oliver Lienbacher, Fabian Müllauer, Lara Wagner va Anna Andexerdan iborat Avstriya terma jamoasi bronza medalini qoʻlga kiritgan. Individual musobaqalarda esa Andexer barcha bellashuvlarda kuchli oʻnlikdan joy oladi.
Natijalari MusobaqaIndividualSprintQuvib yetishEstafeta 2025 Lenzerheide 56-oʻrin 58-oʻrin 44-oʻrin — 4-oʻrin — —
Biatlon boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 3 medal (1 oltin, 2 bronza) YilYoshIndividualSprintQuvib yetishOmmaviy startEstafetaAralash estafeta 2020 Lenzerheide 17 — — —N/A 8-oʻrinN/A 2021 Obertilliach 18 14-oʻrin 14-oʻrin 16-oʻrin 5-oʻrin 2022 Soldier Hollow 19 7-oʻrin 10-oʻrin 10-oʻrin 9-oʻrin 2023 Shuchinsk 20 31-oʻrin 13-oʻrin 6-oʻrin 7-oʻrin — 2024 Otepää 21 6-oʻrin 8-oʻrinN/A 7-oʻrin 5-oʻrinBronza 2025 Östersund 22 15-oʻrinOltin 17-oʻrin 6-oʻrinBronza Manbalar
Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashuvchi biatlonchilar