Kitob al-Masālik va-l-Mamālik yoki Yoʻllar va mamlakatlar kitobi (, ) 9-asrga oid geografik asar boʻlib, muallifi Abu Abdulloh al-Bakriy.

Asar 1067—1068-yillarda Al-Andalusdagi (hozirgi Ispaniya) Kordovada yozilgan. Al-Bakriy oʻz asarini savdogarlar rivoyatlari, Muhammad ibn Yūsuf Varroqning (Shimoliy Afrika topografiyasi haqida) asari hamda Ibrohim ibn Yoqub maʼlumotlariga tayangan holda yozgan. Al-Bakriy al-Andalus hududini tark etmagan boʻlsa-da, zamonaviy tarixchilar uning yozuvlarini boshqa sayohatchilar xabarlarini xolisona qayd etgan manba sifatida baholaydilar. Asarda keltirilgan maʼlumotlarning katta qismi boshqa manbalar bilan ham tasdiqlanadi.

Asarda Atlantika okeanidan boshlab Sahara orqali Markaziy Afrikagacha boʻlgan keng hududlar tasvirlanib, har bir mintaqaning geografiyasi, aholisi, madaniyati va siyosiy holati haqida maʼlumot berilgan. Kitob al-Masālik va-l-Mamālik bugungi kunda parchalar holida saqlanib qolgan. Baʼzan 9-asrda Ibn Hurdodbek qalamiga mansub shu nomdagi asar bilan adashtiriladi.

Manbalar

Islamic-spain.tv: Geography and al-Andalus – Website of a documentary on the rise, reign, and fall of Islamic Spain.

Turkum:Oʻrta asr musulmon olamining geografik asarlari Turkum:11-asr arab tilidagi kitoblar Turkum:Sahara tarixi Turkum:Afrika geografiyasi