Gevheri Kadın ( – „javohir“; 1856-yil 8-iyulda tugʻilgan – 1884-yil 6-sentyabrda vafot etgan) – asl ismi Emine xonim, Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulazizning xotinlaridan biri.
Hayoti Gevheri Kadın 1856-yil 8-iyulda tugʻilgan. Abxaz millatiga mansub. Solih bey va shahzoda Tsanba Usmon beyning qizi Şaziye xonimning farzandi boʻlgan. Asl ismi – Emine xonim. U goʻdakligida saroyga yuborilgan va Abdulazizning onasi Pertevniyal Sulton tomonidan farzandi uchun xotinlikka tarbiyalangan.
Gevheri 1872-yilda Dolmabahçe saroyida Abdulazizga turmushga chiqdi va unga „Katta iqbol“ unvoni berildi. Nikohdan 1 yil oʻtib, 1873-yil 21-martda u birinchi farzandi, qizi Esma Sultonni dunyoga keltirdi. 1874-yil 22-sentyabrda Çırağan saroyida uning ikkinchi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Mehmed Sayfeddin tugʻildi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, unga „Beshinchi Kadın“, 1875-yilda esa „Toʻrtinchi Kadın“ unvoni berildi.
Gevherining sochlari uzun, jingalak, toʻq sariq, koʻzlari moviy edi. U doimo belida qizil kamar bilan oppoq libos kiyib yurar, boshida esa och koʻk rangli roʻmol oʻrab yurardi. Uning yagona taqinchoqlari toʻy kuni Abdulaziz bergan uzuklari edi. Gevheri xayriya ishlariga qattiq mehr qoʻygan ayol boʻlgan. Qoʻlidan kelganicha kambagʻallarga yordam berar, yosh yetimlarning oʻqishi uchun pul toʻlar, hatto bir nechta masjid va maktabni taʼmirlash uchun ham mablagʻ ajratardi.
Abdulaziz 1876-yil 30-mayda vazirlari tomonidan taxtdan agʻdarildi va uning jiyani Murod V Usmoniylar imperiyasi sultoni boʻldi. Ertasiga Abdulaziz Feriye saroyiga koʻchirildi. Gevheri va Abdulazizning boshqa ayollari Dolmabahçe saroyini tark etishni istamadilar. Shunda ularni qoʻllaridan ushlab, majburan Feriye saroyiga olib ketishdi. Ular boshdan-oyoq tintib chiqilgan va qimmatbaho narsalarning barchasi olib qoʻyilgan. 1876-yil 4-iyunda Abdulaziz sirli tarzda vafot etdi.
Vafoti Gevheri va Abdulazizning boshqa xotinlari 1876-yil sentyabr oyida Abdulhamid II tomonidan asirlikdan ozod qilindi. Soʻngra Gevheri bolalari bilan birga avval Shahzoda Yusuf Izzeddin bilan birgalikda, keyinroq esa Ortaköy saroyida yashadi.
Gevheri 1884-yil 6-sentyabrda Ortaköydagi Feriye saroyi 28 yoshida vafot etdi va Istanbuldagi Yangi masjidning sulton xonimlar maqbarasiga dafn qilindi.
Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar Esma Sulton 1873-yil 21-mart 1899-yil 7-may bir marta turmushga chiqqan, toʻrt oʻgʻil va bir qiz farzandi boʻlgan Shahzoda Mehmed Seyfeddin 1874-yil 22-sentyabr 1927-yil 19-oktyabr ikki marta uylangan, uch oʻgʻil va bir qiz farzandi boʻlgan
Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1856-yilda tugʻilganlar Turkum:1884-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari