Ilija Trojanow (, 23-avgust 1965-yil, Sofiya, Bolgariya Xalq Respublikasi) shuningdek, Ilya Troyanov deb ham talaffuz qilinadi, bolgar-nemis yozuvchisi, tarjimon va noshir. Hayoti va adabiy faoliyati Trojanow 1965-yilda Bolgariya Xalq Respublikasining Sofiya shahrida tug‘ilgan. 1971-yilda oilasi Bolgariyadan qochib, Yugoslaviya va Italiya orqali G‘arbiy Germaniyaga boradi va u yerdan siyosiy boshpana oladi. 1972-yilda Ilijaning otasi Marin muhandislik boʻyicha ish topgani sabab oila Keniyaga yo‘l oladi. Ilija Trojanow 1977-yildan 1981-yilgacha davom etgan qisqa tanaffusdan tashqari, 1984-yilgacha Nayrobida yashaydi va oʻsha yerdagi nemis maktabida tahsil oladi. Parijda qisqa muddat yashagandan so‘ng, 1985–1989-yillarda Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universitetida huquq va etnologiya (etnografiya) yo‘nalishida o‘qiydi. 1989-yilda o‘qishini to‘xtatib, Afrika adabiyotiga ixtisoslashgan “Kyrill-und-Method-Verlag” nashriyotiga asos soladi. 1992-yilda esa huddi shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi “Marino-Verlag” nashriyotini ochadi. 1999-yilda Trojanow Mumbay shahriga ko‘chib o‘tadi va Hindiston hayoti hamda madaniyati bilan yaqindan tanishadi. Yozuvchi Keyptaun shahrida ham yashagan, keyinchalik Germaniyaga (Mayns) qaytgan va undan so‘ng Avstriyaga ko‘chib o‘tgan. Hozirda Vena shahrida istiqomat qiladi.
1990-yillarda Trojanow Afrika haqida bir qator publitsistik va memuar kitoblar yozgan. Zamonaviy Afrika adabiyotidan antologiya tuzib nashr qilgan hamda afrikalik yozuvchilarning asarlarini nemis tiliga tarjima qilgan. Ilk romani – “Die Welt ist groß und Rettung lauert überall” (“Dunyo keng va najot har yerda poylab turadi”) 1996-yilda chop etilgan. Bu asarda u o‘z oilasining siyosiy qochqin va boshpana izlovchi sifatida boshidan kechirgan hayot yo‘lini hikoya qiladi. Shundan keyin internetda “yozilish jarayonidagi roman” shaklida yaratilgan “Autopol” nomli ilmiy-fantastik asari e’lon qilindi. So‘ng “Hundezeiten” nomli kitobi nashr etildi. Bu uning vatani Bolgariyaga qilgan safar taassurotlariga bag‘ishlangan sayohat xotiralari edi. Shuningdek, Hindistondagi hayoti va tajribalari asosida bir nechta kitoblar yozgan. Uning “Zu den heiligen Quellen des Islam” (“Islomning muqaddas manbalariga tomon”) nomli asarida esa Makka shahriga amalga oshirilgan haj safari tasvirlanadi.
2002-yildan boshlab Ilija Trojanow Germaniya Federativ Respublikasining PEN markazi a’zosiga aylandi. 1995-yilda Klagenfurtdagi Ingeborg Baxmann tanlovida Bertelsmann adabiyot mukofotini, 1996-yilda Marburg adabiyot mukofotini, 1997-yilda Thomas Valentin mukofotini, 2000-yilda Adelbert fon Shamisso hamda “Der Weltensammler” romani uchun Leypsig kitob yarmarkasining badiiy asarlar nominatsiyasi boʻyicha mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Ushbu roman 2006-yilda ingliz tilida “The Collector of Worlds” (“Olamlar sohibi”) nomi bilan nashr etilgan. Asar Britaniya mustamlaka amaldori Richard Frensis Bertonning tarjimai holi va sayohat xotiralaridan ilhomlangan. Trojanow Bertonning ayrim sayohat yo‘llarini takrorlab, hozirgi Hindiston, Saudiya Arabistoni va Tanzaniya hududlariga ham safar qilgan.
2014-yilda Trojanow Shri-Lankada joylashgan “One World Foundation” tashkilotining “writer in residence” (ijodiy mehmon yozuvchi) dasturida ishtirok etganCf. owf.at: writer in residence .
Turli mavzular 2013-yilda Germaniyadagi hukumat idoralari tomonidan fuqarolarni kuzatish va so‘z erkinligi masalalari haqida yozgan Trojanow „National Security Agency“ (NSA)ni tanqid qilgan edi"Ilija Trojanow / Juli Zeh: Angriff auf die Freiheit – Gefangen im Datennetz .Frankfurter Allgemeine Zeitung. 15.09.2009"Ilija Trojanow und Juli Zeh: Offener Brief an Angela Merkel: Deutschland ist ein Überwachungsstaat.Frankfurter Allgemeine Zeitung. 25 July 2013. O‘sha yilning o‘zida unga sabablari oshkor etilmagan holda AQShga kirish taqiqlandi"NSA-Kritiker Ilija Trojanow: Deutscher Schriftsteller darf nicht in die USA einreisen." Der Spiegel. 1 October 2013."Einreiseverbot für Ilija Trojanow: Willkür und Freiheit.Frankfurter Allgemeine Zeitung. 1 October 2013. U ilmiy konferensiyada qatnashish uchun AQShga borishni rejalashtirgan edi. PEN Amerika vakillari hamda Germaniyaning madaniy muassasalaridan biri boʻlgan Gyote Instituti aralashuvidan so‘ng, u nihoyat 2013-yil oxirida Nyu-Yorkka borishga muvaffaq bo‘ldi. Ijodiy ishlari In Afrika, Munich, 1993 (Michael Martin bilan) Naturwunder Ostafrika, Munich, 1994 (Michael Martin bilan) Hüter der Sonne (Custodians of the Sun), Munich, 1996 (Chenjerai Hove bilan) Kenia mit Nordtansania, Munich, 1996 Die Welt ist groß und Rettung lauert überall, Munich, 1996 Autopol, Munich, 1997 Zimbabwe, Munich, 1998 Hundezeiten, Munich, 1999 Der Sadhu an der Teufelswand, Munich, 2001 An den inneren Ufern Indiens (Along the Ganges), Munich, 2003 Zu den heiligen Quellen des Islam (Mumbai to Mecca), Munich, 2004 Der Weltensammler (The Collector of Worlds), Munich, 2006 Indien. Land des kleinen Glücks, Cadolzburg, 2006 Gebrauchsanweisung für Indien, Munich, 2006 Die fingierte Revolution. Bulgarien, eine exemplarische Geschichte, Munich, 2006 Nomade auf vier Kontinenten, Frankfurt, 2007 Kampfabsage. Kulturen bekämpfen sich nicht – sie fließen zusammen, Munich, 2007 (with Ranjit Hoskote) Der entfesselte Globus, Munich, 2008 Sehnsucht, Freiburg, 2008 (edited by Fatma Sagir) Kumbh Mela. Das größte Fest der Welt, München 2008 (photographs by Thomas Dorn) Angriff auf die Freiheit. Sicherheitswahn, Überwachungsstaat und der Abbau bürgerlicher Rechte, Munich 2009 (with Juli Zeh) EisTau, Munich, 2011 (roman) Die Versuchungen der Fremde: Unterwegs in Arabien, Indien und Afrika, Munich, 2011 Confluences: Forgotten Histories From East And West (co-authored with Ranjit Hoskote), New Delhi, Yoda Press 2012 Der überflüssige Mensch (), Salzburg, 2013 Macht und Widerstand, Frankfurt am Main 2015 Meine Olympiade, Frankfurt am Main, 2016 Nach der Flucht, Frankfurt am Main, 2017 Doppelte Spur, Frankfurt am Main: Fischer, 2020, Inglizchaga tarjima qilingan asarlari Custodians of the Sun Along the Ganges, translation by Ranjit Hoskote, Penguin Books India & Haus Publishing, 2005 Mumbai to Mecca, London, 2007, Haus Publishing The Collector of Worlds, London, 2008 The Lamentations of Zeno, translation by Philip Boehm of Eis Tau, Verso Books, New York, 2016
Manbalar
Havolalar
Literature by and about Ilija Trojanow (in German) in the catalogue of the DDB, or German National Library Biography, Lettre Ulysses Award jury member (in English) The collector of worlds, on Trojanov's novel of the same name, at signandsight.com Ilija Trojanow on F.M. Esfandiary: Searching for Identity in Iran's Labyrinthine Bureaucracy