Stelvio – shimoliy Italiyaning Bormio shahrida joylashgan Jahon kubogi musobaqalari uchun moʻljallangan togʻ changʻi sporti trassasi, 1985-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan.
Stelvio trassasi dunyodagi eng qiyin va texnik jihatdan murakkab togʻ changʻisi trassalaridan biri, hattoki dunyodagi eng qiyin trassa sifatida ham keng eʼtirof etiladi. Oʻrtacha qiyaligi 30,9% boʻlib, Kitzbüheldagi Streif trassasidan ham tik. Ushbu trassa 2 marotaba jahon chempionatiga (1985, 2005), hamda 3 marta Jahon kubogi final bosqichlariga (1995, 2000, 2008) mezbonlik qilgan.
Ushbu trassa Milan–Kortina-dʼampetssoda oʻtadigan 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi togʻ changʻi sporti boʻyicha barcha 5 ta yoʻnalishda (tezlikda tushish, super ulkan slalom, ulkan slalom, slalom va jamoaviy koʻpkurash bahslari) oʻtkaziladigan musobaqalariga mezbonlik qildi.
Stelvio dovoni nomi bilan atalgan bu trassa bormiolik marhum italyan meʼmori Oreste Peccedi tomonidan loyihalashtirilgan.
Togʻ changʻi sporti bilan shugʻullanuvchi Dominik Paris aynan shu trassada 7 ta Jahon kubogi gʻalabasini qoʻlga kiritgan boʻlib, bu bir yoʻnalishda bitta trassada qoʻlga kiritilgan rekord natija hisoblanadi.
Trassa Boʻlimlar La Rocca Jump Rifugio La Rocca Canalino Sertorelli Fontana Lunga Pian Del’Orso Carcentina Ciuk San Pietro Jump Muro San Pietro Sali dell’Ermellino La Konta Bosco Basso Feleit
Qishki Olimpiya oʻyinlari Erkaklar oʻrtasidagi musobaqalar MusobaqaTuriSanaOltinKumushBronza2026Tezlikda tushish2026-yil 7-fevral Franjo von Allmen Giovanni Franzoni Dominik ParisSuper ulkan slalom2026-yil 11-fevral Franjo von Allmen Ryan Cochran-Siegle Marco OdermattUlkan slalom2026-yil 14-fevral Lucas Pinheiro Braathen Marco Odermatt Loïc MeillardSlalom16 fevral 2026
Manbalar
Havolalar Bormio changʻi xaritasi bormioski.eu
Turkum:Italiyada changʻi sporti Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar Turkum:Changʻi trassalari Turkum:Bormio