Mario & Sonic at the Olympic Winter Games 2009-yilda Sega tomonidan Wii va Nintendo DS platformalari uchun ishlab chiqilgan hamda nashr etilgan krossover sport videooʻyinidir. Avvalgi qismi kabi, u Yaponiya va Koreyada Nintendo tomonidan, boshqa hududlarda esa Sega tomonidan nashr qilingan. Oʻyin Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi (IOC) tomonidan International Sports Multimedia orqali litsenziyalangan boʻlib, 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining birinchi rasmiy videooʻyinidir.

Wii va DS platformalaridagi Mario & Sonic on the Olympic Winter Games oʻyini Qishki Olimpiada oʻyinlariga asoslangan musobaqalar toʻplamidan iborat. Oʻyinchilar ushbu musobaqalarda qatnashish jarayonida Mario yoki Sonic qahramonlaridan birini tanlab, boshqalarga qarshi bellashishlari mumkin. Oʻyinda avvalgi qismda mavjud boʻlgan barcha oʻyn qahramonlari saqlab qolingan, shuningdek, toʻrtta yangi qahramon ham qoʻshilgan.

Oʻyin tanqidiy va tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. U Yevropa va AQSh hududlarida 6,53 million nusxada sotilgan hamda tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. Uchinchi qism – Mario & Sonic at the London 2012 Olympic Games – 2011-yil noyabr oyida Wii platformasi uchun, 2012-yil fevral oyida esa 3DS uchun chiqarilgan.

Oʻyin jarayoni Mario & Sonic at the Olympic Winter Games avvalgi qismning oʻyin mexanikasini saqlab qolgan boʻlib, oʻyinchilar Wii va DS platformalariga moslashtirilgan maxsus boshqaruv vositalari orqali ekrandagi qahramonni boshqarishadi. Biroq yozgi oʻyinlardan qishki oʻyinlarga oʻtish natijasida har ikkala boshqaruv va mexanikalarda ayrim oʻzgarishlar mavjud. Wii versiyasidagi koʻplab musobaqalar pastga qarab poygaga asoslangani sababli, harakat boshqaruvi tez-tez silkitish yoki kuchli harakatlar oʻrniga koʻproq qurilmani egish va burishga tayanadi. Natijada, ayrim musobaqalarni boshqarish uchun muqobil usul sifatida Balance Board aksessuari ham ishlatiladi. Shuningdek, ushbu versiyada chidamlilik mexanikasi olib tashlangan boʻlib, uning oʻrniga tezlanishtirish mexanikasi joriy etilgan.

Taqrizlar

Mario & Sonic at the Olympic Winter Games oʻyinining Wii versiyasi tanqidchilar tomonidan umuman olganda ijobiy qabul qilingan.. Wii versiyasi DS versiyasiga nisbatan yuqoriroq baho olgan. GameRankings maʼlumotlariga koʻra, Wii versiyasi uchun oʻrtacha reyting 77,86%, DS versiyasi uchun esa 70,95%ni tashkil etgan. IGN Wii versiyasi haqida shunday fikr bildirgan: „Musobaqalarning aksariyatida haddan tashqari koʻp silkinish yoki boʻrttirilgan boshqaruv usullari qoʻllanilgan, bu esa tajribani yanada yaxshiroq qilish imkonini bermaydi“, va Wii versiyasiga 6,5 ball bergan. X-Play sharhlovchisi Adam Sessler Wii versiyasi unchalik qiyin emasligi va musobaqalar qiziqarli ekanini taʼkidlagan. Garchi Dream Events rejimini maqtagan boʻlsa ham, boshqaruv juda oson ekanini tanqid qilgan. Shunga muvofiq, u oʻyinga 5 balldan 3 ball bergan. GameSpot DS versiyasidagi musbaqalarni qiziqarsiz deb baholagan. Nintendo Power esa oʻyinchilar Wi-Fi’dan faqat reyting jadvallari uchun foydalanishi, real vaqt rejimidagi onlayn oʻyinchiga qarshi musobaqalar mavjud emasligidan qattiq hafsalasi pir boʻlganini bildirganNintendo Power Vol. 247, November 2009. GameTrailers Wii versiyasiga 5,2 ball berib, harakatga asoslangan boshqaruv tizimi baʼzan ishlashi, baʼzan esa ishlamasligini tanqid qilgan. GamePro „Asl oʻyinda yangilik va joziba hissi mavjud edi, davomi esa biroz eskirgan va zerikarli koʻrinadi“, deya taʼkidlagan.

Manbalar

Turkum:Qishki Olimpiada videoo'yinlari