Sharqiy Timor 2018-yil 9–25-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ikkinchi ishtiroki boʻlib, ular ilk bor 2014-yilgi oʻyinlarda qatnashgan edi.

Sharqiy Timor nomidan oʻyinlarda bitta sportchi – erkak togʻ changʻichisi Yohan Goutt Gonçalves ishtirok etdi. U ochilish hamda yopilish marosimlarida mamlakat bayrogʻdori boʻldi.

Tarixi Sharqiy Timor Milliy olimpiya qo‘mitasi 2003-yilda tashkil etilgan hamda oʻsha yili Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan rasman tan olingan. Sharqiy Timor Olimpiya oʻyinlaridagi ilk ishtirokini 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida amalga oshirgan

Goutt Gonçalves mazkur oʻyinlarda mamlakatning yagona vakili boʻlib, shu bois ochilish va yopilish marosimlarida mamlakat bayrogʻdorlgi vazifasini bajargan. U, shuningdek, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Timor delegatsiyasining yagona aʼzosi boʻlgan.

Togʻ changʻi sporti

2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun tuzilgan kvota roʻyxatiga koʻra, Sharqiy Timor bitta erkak sportchi – Goutt Gonçalves bilan ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Goutt Gonçalves bu oʻyinlar vaqtida 23 yoshda edi. U 22-fevralda boʻlib oʻtgan faqat bitta yoʻnalishda – erkaklar slalom bahslarida qatnashdi, biroq musobaqani yakunlay olmadi.

Sportchi Musobaqa 1-urinish 2-urinish umumiy Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin Yohan Goutt Gonçalves Erkaklar slalom Manbalar

Turkum:2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar