Johannes Høsflot Klæbo (1996-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) – norvegiyalik changʻi poygachisi, Byåsen IL klubi sharafini himoya qiladi. U bir nechta rekordlar sohibi boʻlib, eng mashhuri changʻi poygasi boʻyicha FIS Jahon kubogi, „Tour de Ski“, Jahon chempionati va Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqqan tarixdagi eng yosh erkak sportchi ekanligidir.

2019–2020-yilgi Jahon kubogi mavsumida Klæbo yakkalik poygalardagi gʻalabalar soni boʻyicha Jahon kubogi tarixidagi eng muvaffaqiyatli erkak sprinterga aylangan va umumiy hisobda 4 ta sprint chempionligi bilan yangi rekord oʻrnatgan. Ayni paytda u ushbu musobaqa tarixidagi umumiy poygalarda eng koʻp gʻalaba qozongan erkak sportchi hisoblanadi.

Klæbo oʻzining ilk Olimpiadasida, yaʼni 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2026-yil 18-fevral holatiga koʻra, u oʻnta oltin medal bilan 12 karra Olimpiada sovrindori hisoblanadi. 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida u qishki olimpiadachi qoʻlga kiritgan oltin medallar soni boʻyicha rekordni yangilagan va eng koʻp Olimpiya oltin medaliga ega sportchilar orasida suzuvchi Michael Phelpsdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Shaxsiy hayoti Klæbo Norvegiya poytaxti Oslo shahrida tugʻilgan. Johannes oilasi bila besh yoshga to'lganda Trondheimga koʻchib oʻtishgan. U Trondheimda ulgʻaygan va hozir ham shu yerda istiqomat qiladi. Klæbo oilasi bilan juda yaqin va ular bilan koʻp vaqt oʻtkazadi. Uning otasi Haakon Klæbo menejeri, bobosi Kåre Høsflot esa murabbiyidir.

Sportdan tashqari, Klæbo ukasi Ola bilan birga YouTube kanali yuritadi va u yerga sportchi sifatidagi kundalik hayoti haqida haftalik vloglar yuklab boradi. U oʻz kanalini odamlar changʻichilarning musobaqalardan va mavsumdan tashqari vaqtlarda nima bilan shugʻullanishini koʻrishlarini istagani uchun ochgan. Videolarni tahrirlash va tarjima qilishda unga aka-ukalari yordam beradi. 2019-yil oktyabr holatiga koʻra, Klæboning YouTube kanalida 102 000 dan ortiq obunachi boʻlib, 100 dan ortiq videolari jami 12 million martadan koʻp koʻrilgan.

U 2019-yilning oʻrtalariga qadar Norvegiyaning elita sprint jamoasining bir qismi boʻlgan, oʻshanda u Norvegiya erkaklar elita koʻpkurash jamoasining bir qismiga aylangan. U 2020-21-yilgi FIS kross boʻyicha jahon chempionati mavsumi oldidan elita sprint jamoasiga qaytdi.

Klæbo 2019-yil 5-martda Sør-Trøndelag okrug sudi tomonidan 2018-yil 12-dekabrda piyodalar oʻtish joyida toʻxtab turgan avtomobil bilan toʻqnashgan yoʻl-transport hodisasidan soʻng 16 kunlik qamoq jazosi va 10 000 NOK miqdorida jarimaga tortildi.

Manbalar

Havolalar

Johannes Høsflot Klæbo Johannes Høsflot Klæbo Johannes Høsflot Klæbo Johannes Høsflot Klæbo

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Norvegiyalik erkak changʻichilar Turkum:2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari